Reja: Kirish. Bob



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə2/12
tarix21.05.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#118649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sherdor kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo’lib, u berilgan matndan tashqari o’quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo’lgan matnlar o’quv materiallaridan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar. Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Kurs ishining vazifalari: Sertifikatlashtirish haqida umumiy ma’lumot; Nodavlat ta’lim muassasalarini litsenziyalashtirish; Sertifikatlashtirish haqida umumiy ma’lumot; Ta’lim muassasalarida litsenziyalshning samaradorligi; Maktab uchun litsenziya olish tartibi; Sertifikatlashga doir umumiy talablar
Kurs ishning metodlari: nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, pedagogic eksperiment.
Kurs ishining tarkibiy qismi - kirish, 2 ta bob, 6 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

  1. Bob.

    1. Ta’lim muassalalarini litsenziyalash maqsadi va vazifalari

Nodavlat umumta’lim tashkilotining maqsadi ta’lim oluvchilarga umumiy o‘rta ta’limning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish, an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta’lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirishdan iborat.
Nodavlat umumta’lim tashkilotining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’limni har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshirish, ta’lim oluvchilarning jinsi, millati, dini, irqiy mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, o‘z ustida mustaqil ishlashi va qo‘shimcha bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish; ta’lim oluvchilarning muntazam bilim olishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini kuchaytirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish; ta’lim oluvchilarga milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim berish, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ta’lim oluvchilarning alohida ijobiy xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim olishi, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi va ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratib berish; ta’lim oluvchilarda mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbiy yo‘naltirishga va kasb tanlashiga ko‘maklashish; ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish, ta’lim jarayonini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq tashkil etish; ta’lim jarayoniga yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish; o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan ishlarni tashkil etish; ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa vositalar hamda jihozlar bilan ta’minlash; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilish orqali ularning sifatli bilim olishlariga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish; ta’lim jarayonini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq tashkil etgan, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari bo‘yicha barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berish; nodavlat umumta’lim tashkilotini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkazish uchun vakolatli organga ariza bilan murojaat qilish.

Yüklə 63,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin