Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.

Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq.
Masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
(Allegoriya (yun. allegoria — oʻzgacha ifodalash, kinoya, qochirim) — badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki gʻoyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. )
− masal xulosasini tahlil qilish.
Masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
Masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi;
b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog‘liq suhbat;
v) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat.
2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film ko‘rsatish ham mumkin).