respublikasi MK). Yo’riqnoma.Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida
o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar
dastlabki, davriy, joriy va navbatdan tashqariga bo’linadi.
Kirish yo ’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan
xizmat safariga jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot
o’tayotganlar va shogirdlar kirish yo’riqnomasini o’tadilar. Uni xo’jalikning
mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa
rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tarmoq ish joylarida
amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tarmoq boshlig’i o’tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa
maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar o’tkazadilar va
maxsus jurnallarga rasmiylashtirib boradilar.
Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma. Barcha ishchilar kirish
yo’riqnomasidan o’tgandan keyin ish joyida ish boshlashdan oldin boshlang’ich
yo’riqnomadan o’tishlari lozim. Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad -
har bir ishchini to’g’ri va xavfsiz ish usullariga o’rgatishdir. Yo’riqnoma
jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon,
uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo
bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini
sanitariya va gigiyena talablariga mos holda tashkil qilish va shu kabi masalalar
tushuntiriladi.
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga
yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik,
energetik, texnolog) ishtirokida o’tkaziladi. Xodimlarga elektr xavfsizligi bo’yicha
yo’riqnoma o’tkazish va malaka guro’hi berish xo’jalik bosh energetigi zimmasiga
yuklatiladi.
Davriy yo ’riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har
olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo’yicha davriy
yo’riqnoma o’tkazib turiladi. Bundan asosiy maqsad - ishchining xafsizlik
borasidagi bilimlarini yangilab va to’ldirib turishdir. Turli sabablar bilan (ta’til,
kasallik, mehnat safari va sh.o’.) o’z muddatida ishchilarga o’tkazilmagan
yo’riqnoma keyinchalik o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqida
jurnalga yozib rasmiylashtirib qo’yiladi.
Navbatdan tashqari yo ’riqnomaquyidagi hollarda o’tkaziladi:
-
texnologik jarayon o’zgarganda;
-
bo’lim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki halokat ro’y berganda;
-
yangi qoida va yo’riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati
tug’ilgan hollarda;
-
ishlab chiqarish intizomi, qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi
aniqlangan hollarda.
Joriy yo ’riqnomaqo’yidagi hollarda o’tkaziladi:
-
ishlab chiqarish hududlarida gaz yoki elektr payvandlash ishlari amalga
oshirilishi kerak bo’lganda;
-
uch metrdan oshgan balandlikda montaj yoki tozalash ishlari amalga
oshirilganda;
- ish kuni davomida xavfli va zararli ishlarni bajarishdan oldin.