Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili. «Tabiat» tushunchasi eng muhim va keng 
qo„llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha talqinga ega bo„lib, 
falsafada ko„pincha u keng, tor va maxsus ma‟noda ishlatiladi. Mazkur ma‟nolarning har biri, 
o„ziga xos xususiyatga ega.
Tabiat tushunchasining keng ma‟nosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang 
shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi. Bu ma‟noda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan 
tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, 
zero u moddiy va ma‟naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni 
ham o„z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. 
Ayni shu ma‟noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o„rganiladigan sohasi, 
ya‟ni ontologiyada keng qo„llaniladi. Mazkur atama ko„rsatilgan ma‟noda falsafada ko„proq XIX 
asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma‟nosi XIX asrda hayotning paydo bo„lishi va Erdagi 
evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga 
kelishi, shuningdek Inson dunyoda o„z o„rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi. Shu 
ma‟noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob‟ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 
1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya‟ni «hayot sohasi» deb nomlagan 
qisminigina anglata boshladi. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib, 
Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. atmosfera, gidrosfera va litosferaning 
yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o„rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo„lsada, vaqt 
o„tishi bilan unga qarshilik ko„rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari 
yig„ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o„zining 
o„zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o„zaro aloqasi 
masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
Shu ma‟noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‟ni borliqning biosferadan biologik tur 
sifatida o„rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini 
anglata boshladi.

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin