Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o„z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq 
fikr yuritganlar va o„tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat 


qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog„liq bo„lgan. Zero ular 
kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab 
qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko„lamli shakllar va ularni o„lchash usullari 
haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga 
astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi 
mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e‟tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» 
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog„liq ko„p sonli masalalar 
yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil 
mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog„liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa 
tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo„nalish – substansional 
va relyasion yo„nalishlarni farqlash mumkin.
Makon – materiya borlig„ining ko„lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o„zaro 
ta‟sirlarini ifodalovchi shakli.
Vaqt – materiya borlig„ining barcha ob‟ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi 
holat o„zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo„nalish bilan chegaralangani, 
barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va balandlikka ega bo„lgani sababli, 
makonimizning uch o„lchovliligi empirik jihatdan hamma joyda namoyon bo„luvchi dalil 
hisoblanadi. O„z makonimizda biz uning o„lchamlarini geometrik ifodalovchi uch 
perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism makonda, aniqrog„i, uning makrodarajasida 
harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda harakatlanadi shu ma‟noda, voqealarni ularning ketma-
ketligi tartibida ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o„tmishdan kelajak 
sari yo„nalishda bosib o„tiladi, mazkur yo„nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon va vaqt 
kontinuumining to„rtinchi mezoni (o„lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan dunyoda yuz bergan 
muayyan voqeani aniqlash uchun to„rt son zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt 
tartibini vujudga keltiradi, balki makon va vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda 
Olamning kauzal (sababiy) tuzilishini ifodalaydi. 

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin