harakatni bilmaslik, sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari
qancha bo„lsa, harakat va o„zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan.
Uning fikricha, «Miqdor uchunko„payish va kamayish, sifat uchun – o„zgarish, makon uchun – ko„chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo„q bo„lish mavjud»
2
. Harakatning
vujudga kelish, yo„q bo„lish, o„zgarish, ko„payish, kamayish, ko„chib yurish kabi turlarini
farqlash lozim.
Ammo Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada,
muayyan birinchi harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat
manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning
modusi, ayrim xossasi va belgisidir; u faqat birinchi turtki vositasida beriladi.
O„rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha,harakat va sukunatning ibtidosi, biron- bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan 3.
Ibn Sino fikrichaharakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo„ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir bo„ladigan o„zgarishdir 4 . Uyg„onish davri mutafakkirlarihar qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos bo„lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular – butun olamni ilohiylashtirish ta‟limotiga asoslandilar. Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko„rsatdi. Mexanika
nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta‟sir
ko„rsatishi lozim. 17-18 asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni
(masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar
shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma‟noda mexanik harakat, ya‟ni makonda oddiy ko„chib
yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi
so„zning o„z ma‟nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko„chib yurish bilan tenglashtirish;
harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan
bog„liq edi.
Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko„pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan,
ingliz faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb
hisoblaydi. U «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha
aytganda, o„tkazmaslik va ko„lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo„lsa,
harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya
ta‟rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o„rin olishi lozim», deb yozgan. J.Toland harakatning
barcha shakllarini mexanikaga bog„lamagan, balki uni umumiy ichki faollik sifatida tushungan.
Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat
qilgan. Uning fikriga ko„ra, «Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bo„lmagan abstrakt
tushunchadir», «Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir».
D.Didro mexanitsizmni, ya‟ni harakatni makonda ko„chib yurishgagina bog„lashni rad qilishga
harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda bo„ladi, deb hisoblagan. Uning fikricha,
borliq bir shaklda halok bo„ladi va boshqa shaklda vujudga keladi, materiyaning faolligini o„z-
o„zidan harakat g„oyasi bilan tushuntirish mumkin.