Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Substansiya tushunchasining mohiyati



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o„zining mavjudligi uchun 
o„zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo„lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» 
(lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo„llaniladi. Ilk falsafiy yo„nalishlarning vakillari 
barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, 
bunday asos sifatida o„sha davrda umumiy e‟tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov 
yoki apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan
Keyinchalik substansiya kategoriyasi o„zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog„liq 
bo„lmagan holda mavjud o„ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-
barangligi va o„zgaruvchanligi substansiya bilan bog„lana boshladi. Bunday asoslar sifatida 
falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g„oya, va shu kabilar amal qilgan.
«Substansiya» tushunchasi o„z-o„zini to„liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat 
qiladi. Substansiya kategoriyasida o„zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan 
negiz, birinchi asos g„oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) 
buni «causa sui» – «o‘z-o‘zining sababchisi» iborasida juda to„g„ri ifodalagan. Substansiya 
deganda u o„z holicha mavjud bo„lgan va o„zi orqali zohir bo„lgan, ya‟ni o„zining mavjudligi 
uchun boshqa narsaga muhtoj bo„lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya 
materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o„zining barcha shakllari sababi va 
«sub‟ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substansiyani bir vaqtning o„zida ham tabiat, 
ham Xudo sifatida ta‟riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza 
Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan 
ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo„lgan.
Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e‟tibor qaratish 
lozim. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - 
mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-
xilligining ichki birligida namoyon bo„luvchi mohiyat. 
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va 
dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang-
langan. O„rta asr SHarq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, 
Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma‟naviy asosi, mohiyati 
tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya 
(lot. accidentia - o„tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o„tkinchi sifatlarini ifodalaydi. 
Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi 
marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo„qdir»; «Aksidensiyani sezgilar orqali his etish 
mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab etadi»; «Masalan, olma - substansiya bo„lsa, uning 
qizilligi esa aksidensiyadir».



Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin