Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda
yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob‟ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari
yordamida idrok etish o„rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun‟iy
yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo„q narsa, uni qo„l bilan tutish,
uning ta‟mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy
olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta‟sir ko„rsatish
imkoniyatiga ham ega bo„ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o„zgartira oladi.
Virtual
olam – inson borlig„ining o„ziga xos shakli va odamlar ma‟naviy aloqasining alohida madaniy
shaklidir.
Virtual borliq tizimlari bu tajribadan va insonning «yangi o„ziga to„qligi»dan foydalanish
imkonini amalda ta‟minlaydi. Inson faqat o„z tasavvuri bilan cheklanadigan sun‟iy tarzda
yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday dunyoni yaratish mumkinmi? Biz
o„zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning kompyuterlar modellashtiruvchi muhit
doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo„lmagan holatlarining tajribasinimi - buni kelajak
ko„rsatadi.
Dostları ilə paylaş: