HARAKAT TIPLARI. Fanda ob‟ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki
asosiy tipi: progress va regress farqlanadi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo„nalishga egalik xos bo„lgan mazkur harakat tipi
rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil
2
Aristotel Organon. –M.: 1990. –S. 159
3
Qarang: Forobiy G‟G‟ Falsafa qomusiy lug„at. –T.: Sharq, 2005. -B.431
4
Qarang Ibn Sino G‟G‟ Falsafa qomusiy lug„at. –T.: Sharq. 2005. -B.140
topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo„lib, bu odatda taraqqiyot (progress)
sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo„nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha
rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo„lsa, bu holda regress
to„g„risida so„z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko„rsatilgan
xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e‟tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati
tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o„sishi doim ham progressni
anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar,
asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo„lmaydi va ko„proq
buning aksidan dalolat beradi.
Xulosa. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir.
Borliq yo'qdan bor bo'lmaydi bordan yo'q bo'lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri
ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |