Vaqt tartibi va yo‟nalishi. Vaqt bir yo„nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan
jarayon sifatida namoyon bo„ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan
foydalanilgan: «O„tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini
ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko„proq mos keladi.
Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari
qo„llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo
tilimizning tuzilishiga ko„ra 4 soat «o„tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni
yo„q.
Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi. FALSAFA TARIXIDA HARAKAT haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik
tushunish kurtaklariga Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o„zgarishlar
substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o„zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy
o„zgarish holatida bo„lishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan oddiy joydan-joyga ko„chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o„zgaruvchan narsa va jarayonlarning o„zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini
ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan.
Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig„ida harakat jarayonini mantiqiy dalillar
yordamida tushunib etish bilan bog„liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf va matematik Zenonni
mashhur aporiyalarni ta‟riflashiga turtki berdi.
Harakatni o„rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. Aristotel