Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Geografik maktablar. Tabiiy va ijtimoiy muhitga doir - «geografik determinizm», 
«ijtimoiy determinizm» va «geosiyosat» konsepsiyalarini o„z ichiga olgan g„oyalar majmui 
geografik maktabni tashkil etadi.
Geografik determinizm inson faoliyati tabiiy muhitga to„la bog„liq degan g„oyani 
isbotlashga harakat qiluvchi mexanistik qarashdir. Bu oqimning asoschisi va atoqli 
namoyandasi SH.L.Monteske (fransuz ma‟rifatchi faylasufi 1689-1755)dir. «Qonunlar ruhi» deb 
nomlangan asarida u o„z konsepsiyasini atroflicha bayon etdi. Bu ta‟limotga muvofiq odamlar 
hayoti, ularning axloqi, qonunlari, odatlari va hatto siyosiy tuzumi ular yashaydigan geografik 
muhit va iqlim sharoitidan kelib chiqadi. U tabiat odamlarni tug„ilgandan teng qilib yaratishini 
tan olib, so„ng ularni geografik determinizm nuqtai nazaridan farqlaydi.
Ijtimoiy determinizm ijtimoiy rivojlanish darajasi va yo„nalishi birinchi navbatda 
moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanishidir. Shu nuqtai nazardan 


tabiat odamlar tarixiga aralashadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida inson nafaqat uni, balki 
o„zini ham o„zgartiradi. Pirovardda insonning mohiyatini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlar 
majmui o„zgaradi. Bundan odamlar ayrim fazilatlarining shakllanishi ham, jamiyatning 
rivojlanishi ham avvalo geografik muhitga emas, balki moddiy ishlab chiqarishga bog„liq bo„ladi 
va odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tarixan o„zgaruvchi xususiyatini tahlil qilish 
chog„idagina muayyan tabiiy sharoitlar u yoki bu ijtimoiy jarayonlarga qanday ta‟sir ko„rsatishi 
haqida gapirish mumkin, degan xulosaga kelinadi. Ayni holda tabiat va jamiyatning o„zaro 
aloqasida faol tomon sifatida doim inson amal qiladi. Tabiiy muhit xususiyatini ijtimoiy muhit 
xususiyati emas, balki aksincha, ijtimoiy muhit xususiyatini tabiiy muhit xususiyati belgilaydi.
Shu ma‟noda odamlar tabiat bilan o„z moddalar almashinuvini tartibga soladilar, uni o„z 
umumiy nazorati ostiga oladilar va shu tariqa tabiatning ko„r-ko„rona kuchlari ularning ustidan 
hukmronlik o„rnatishiga to„sqinlik qiladilar.
Geosiyosat. G.T.Bokl (geografik determinizmning atoqli namoyandasi 1821-1862) 
«Angliya sivilizsiyasi tarixi» deb nomlangan asarida o„ziga xos iqlim va tabiatga ega bo„lgan 
mustamlaka xalqlarining qoloqligini tushuntiradi va ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi haqida 
xulosa chiqaradi. Keyinchalik Boklning bu g„oyalari geografik maktabdagi yangi yo„nalish – 
geosiyosatni yaratdi. Demak geosiyosat ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi g„oyasidir. Mazkur 
yo„nalishning asosiy g„oyalarini Germaniyada F.Ratsel va K.Xausxofer, Buyuk Britaniyada 
G.MakkinderAQSHda A.T.Mexen va N.SpikmenShvetsiyada R.CHellen ilgari surdi.

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin