Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
sharsimonligi haqidagi g„oyani birinchi bo„lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g„oyani Parmenid 
(mil. av. 540-480-yillar) qo„llab-quvvatladi va unga yozma ta‟rif beradi. Parmenid faylasuflar 
orasida birinchi bo„lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil 
predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o„zgarmasligi haqidagi g„oyani ilgari 
suradi.
Parmenid fikricha, borliq paydo bo„lmagan va u yo„q ham bo„lmaydi, chunki undan 
boshqa hech narsa yo„q va bo„lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va 
barkamoldir. U o„z chegaralariga ega bo„lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o„xshaydi.
Parmenidning yagona, ajralmas, o„zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta‟limoti 
ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eletlar maktabi vakili bo„lgan samoslik Melis tomonidan 
davom ettirildi. U Parmenid fikriga asosan qo„shilgan holda, «Tabiat yoki borliq haqida» deb 
nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning 
chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo„qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, 
hamonki yo„qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo„lishi mumkin emas.
Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo„lgan davrida ontologiya 
sezilarli darajada rivojlanadi: o„sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq 
muammosini bevosita yoki bilvosita o„rgandi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona 
tabiat», ya‟ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 
yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo„lsa ham, «barcha narsalarning to„rt negizi» 
(olov, havo, suv va er) haqida so„z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko„rinishga ega 
deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o„tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. 
Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo„shliq» - yo„qlikka 
zid o„laroq, «to„la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan.
Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo„ladi. U 
butun dunyo muttasil harakat va o„zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu 
munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deya qayd etgan Geraklit (mil. av. 
544-483 yillar) ta‟limotida ayniqsa bo„rtib ko„rinadi.
Yaqin va O„rta Sharq falsafasida Kindiy, Umar Hayyom, Ibn Rushd kabilar borliqni ikkiga 
– vujudi mumkin va vujudi vojibga bo„ladilar.
Ularning falsafasida borliqning bosh sababchisi Alloh (vujudi vojib)dir. Demak, Alloh va 
u yaratgan narsalar bir-birlari bilan o„zaro bog„langan birlikni tashkil etadi. Chunonchi, Jomiy 
Shunday yozadi: “Tangrini olamdan ajralgan deb hisoblama, zeroki, barcha olam tangridadir, 
Tangri esa olamda”.
Forobiy esa borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning 
o„zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo„lishi mumkin bo„lgan 
narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o„zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq 
borliq va donishmandlik ifodasi.
“Vujudi mumkin” esa doimo o„zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo„lib, unda barcha 
narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ 
yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya‟ni Allohdir. Vujudi vojib bu 
birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo„rin. Chunki 
birinchi sabab uning natijasi bo„lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog„liq bo„la olmaydi. 
Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o„ziga bog„liq.
17-18 asrlarning materialist faylasuflari borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog„laydi. 
Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va 
ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni 


«naturallashtirish» g„oyasi kelib chiqqan. Mazkur talqin fransuz materialist faylasuflari Golbax, 
Gelvetsiy, Lametri dunyoqarashida ayniqsa bo„rtib ko„rinadi.
Yangi davr, so„ngra nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish 
zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning 
erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob‟ektiv rivojlanuvchi g„oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni 
qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.
XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan 
bog„lab, uning talqinini o„ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo„nalishi esa, avvalgi 
ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq 
muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o„zagini insonning ijtimoiy ijodi 
tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika 
taraqqiyotining sur‟atlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash 
ko„pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
XX asrda Borliq– dunyo miqyosidagi tartibsizlik, absurd va intiho asri - bunyod etgan 
yangi postmodernistik shaklini e‟lon qilgan postmodern instinkt, boshboshdoqlik, va yurish-
turishlarning rang-barangligi, va tartibsizlik tomon yuz tutgan. San‟at va borliq orasidagi masofa 
tobora qisqarib, mutlaqo yo„qolish darajasiga yaqinlashgan. Ko„chadagi narsalar badiiy asarlar 
ahamiyatini kasb etgan. Postmodern hayotdagi haqiqiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqishga 
harakat qilib, borliqdan «nusxa» ko„chirgan va «o„z tartibi»ni taklif qilgan. Odatdagi 
narsalarning oddiy bog„lanishlarini neytrallashtirib, ularni obrazli-badiiy dunyoqarash maqomiga 
da‟vogar bo„lgan yangi ma‟nolar tizimiga kiritishga intilish ijodning mohiyatiga aylangan.
Borliq haqidagi o„ta keng, falsafiy tasavvurlar dunyoning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasini 
yaratishga harakat qilayotgan hozirgi zamon fanining xulosalari va qoidalariga asoslanishi lozim. 
Ammo ayrim fanlardan iborat fan o„z holicha borliqning umumiy talqinini bermaydi, zero bu 
vazifa avvalo falsafiy darajada hal qilinadi. Falsafaning bu muhim roli, uning murakkab 
hodisalar, shu jumladan borliqni bilish borasidagi imkoniyatlari haqida V.I.Vernadskiy shunday 
degan edi: «Men bilimning rivojlanishida falsafaning ahamiyatiga aksariyat naturalistlarga 
qaraganda boshqacharoq yondashaman va u bunda ulkan, samarali ahamiyat kasb etadi, deb 
hisoblayman. Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari – muqarrar va ajralmas 
tomonlardir. Ular faqat bizning aqlimizda ajraladi. Agar ulardan biri to„xtab qolsa, boshqasining 
jonli o„sishi barham topgan bo„lar edi. Falsafa doim fan kurtaklarini o„stiradi, ba‟zan hatto 
fanning rivojlanish sohalarini belgilaydi»
1
.

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin