QISHLOQ XO\'JALIGI EKIN KASALLIKLARI TURLARI BO\'YICHA MA\'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH
Sarflash meyori. Ta’sir qiluvchi modda, preparat yoki eritmaning ma’lum bir maydon yoki xajmga ishlov berishga ketgan miqdori sarflash meyori deyiladi. Fungitsidlarning konsentratsiyasi va sarf qilinadigan meyori kimyoviy va biologik kurash choralari ro‘yxatida ko‘rsatiladi.
Preparatning qo‘llashga yaroqliligini aniqlash uchun Xemoterapevtik indeksdan foydalaniladi. Xemoterapevtik indeks ta’sir qiluvchi moddaning zamburug‘ni o‘ldiruvchi eng kichik dozasi va himoya qilinadigan o‘simlikka zararsiz bo‘lgan eng yuqori dozasini ko‘rsatadi. Bu indeks birligi qanchalik past bo‘lsa, fungitsid shunchalik samarali bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan ko‘pgina fungitsidlar inson va hayvonlar uchun kam zaharlidir. Ammo ular organizmga nafas olish yo‘llari, oshqozon, ichak orqali o‘tib, buyrak, jigar, o‘pka va yurakda yig‘ilib qoladi. Ular o‘tkir va surunkali zaharlanishga olib kelishi mumkin. O‘tkir zaharlanish organizmga ko‘p miqdordagi zaharli moddalarning kirishi natijasida yuzaga keladi. U organizm faoliyatining keskin o‘zgarishi yoki o‘limga olib kelishi mo‘mkin. Surunkali zaharlanish esa zaharli moddalarning kam miqdorda, ammo doimo organizm tomonidan qabul qilinishi va ularning organizmda to‘planib qolishi natijasida vujudga keladi.
Fungitsidlarning inson uchun xavfliligi issiq qonli hayvonlar uchun o‘tkir zaharliligi bo‘yicha baholanadi. U 1 kg hajmga nisbatan mg hisobida aniqlanadi. Berilgan miqdor 50% hayvonlarni o‘ldirsa – o‘rtacha o‘ldirish xususiyatiga ega deb hisoblanadi va SD50 yoki LD50 belgisi bilan belgilanadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha fungitsidlar 4 guruhga bo‘linadi:
I – kuchli ta’sirli – LD50 – 50 dan kam.
II – yuqori zaharli – LD50 – 50 dan 200 gacha.
III – o‘rtacha zaharli – LD50 – 200 dan 1000 gacha
IV – kam zaharli – LD50 – 1000 dan ortiq.
Birinchi guruh fungitsidlar juda kam va cheklangan miqdorda ishlatiladi.
Hozirgi kunda o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish uchun fungitsidlar dust, namlangan kukun, suvli eritma, suspenziya, emulsiya va fumigantlar ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Xavfli kasalliklarga qarshi kimyoviy usulda kurashish uchun quyidagi fungitsidlar ko‘proq qo‘llaniladi.