Reja: Sirtni proeksiyalovchi tekislik bilan kesilishi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix18.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#76087
1   2   3   4   5   6
 
5. Sirtlarning yoyilmasi 
Agar sirtlarni hamma nuqtalarini bir tekislikka joylashtirish mumkin bo‘lsa, 
bunday sirtlarni yoyiladigan sirtlar deyiladi. Sirtni tekislikka yoyilish natijasida 
hosil bo‘ladigan shaklga yoyilma deyiladi. 
Silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasash 
Silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasashda normal kesim va dumalatish 
usullaridan foydalaniladi. Har ikkala usul bilan ham yoyilmani yasashda silindrik 
sirtni approksimatsiya qilib prizmatik sirtga keltiriladi va masala prizmaning 
yoyilmasini yasash kabi bajariladi. Umuman biror silindrning yoyilmasini yasash 
uchun: silindr yoyilmasini yasash uchun kerakli yasovchilarning haqiqiy 
uzunliklari aniqlanadi; bu yasovchilar orasidagi asos yoylarining haqiqiy 
uzunliklari topiladi; 10.5,a-rasmda yasovchilari frontal vaziyatda va asosi H 
tekislikda yotgan og’ma, elliptik silindir tasvirlangan. Bunday silindrning 
yoyilmasi (10.5,b-rasm) normal kesim usulida bajarilgan. Silindrik sirt prizmatik 


sirtga approksimatsiya qilinadi. Buning uchun silindr asosini ixtiyoriy bo’laklarga 
bo’linadi (rasmda 8 ta teng bo’lakka bo’lingan). 
10.5-rasm 
Bu holda silindrni n yoqli prizmaga almashtiriladi. Silindrning yasovchilariga 
perpendikulyar bo’lgan N tekislik bilan kesishish chizig’i yasaladi. Kesishish 
chizig’i, ya’ni normal kesimning haqiqiy kattaligi aylantirish usuli bilan topiladi. 
Asoslari aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri doiraviy silindr yon 
sirtining yoyilmasi to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lib, bunday to’rtburchakning 
tomonlari 2R va h0 ga teng bo’ladi (10.6,a-rasm). Bu yerda R – asosning radiusi, h 
– silindrning balandligi. Asosi N tekisligiga tegishli va o’qi unga perpendikulyar 
bo’lgan to’g’ri doiraviy silindrning to’la yoyilmasini yasash 10.6,b-rasmda 
ko’rsatilgan. Bunda silindrning 1o2o (1' 2',1"2") yasovchisi yoyilmaning 
boshlanish chizig’I deb olingan. 


a) b) 
10.6-rasm 
Konus sirtlarning yoyilmalarini yasash. 
Umumiy holdagi konus sirtining yoyilmasi ham piramida yoyilmasini 
yasashdagidek, uchburchaklar usuli bilan bajariladi. Buning uchun konus o’ziga 
ichki chizilgan ko’pyoqlik piramidaga approksimatsiya qilinadi va shu 
piramidaning yoyilmasi konus sirtining yoyilmasi deb qabul qilinadi. Ichki 
chizilgan ko’pyoqlik piramidaning yoqlari qanchalik ko’p bo’lsa, konus sirtining 
yoyilmasi shunchalik aniq bo’ladi.
10.7, a-rasmda asosi N tekislikka tegishli F og’ma konus tasvirlangan. Bu 
konusning yoyilmasini yasashda uchburchaklar usulidan foydalanamiz. Konusni 
o’ziga ichki chizilgan piramidaga approksimatsiyalaymiz. Konus yasovchilari 
(piramida qirralari)ning haqiqiy uzunliklarini yasash rasmda aylantirish usulida 


bajarilgan. S1 yasovchini yoyilmaning boshlanish chizig’i deb olamiz. Chizma 
qog’ozining bo’sh joyida ixtiyoriy S0 nuktani belgilaymiz (10.7,b-rasm). 10.7,a-
rasmdan S1 yasovchining haqiqiy uzunligi bo’lgan S″1″1 kesmani o’lchab va uni 
S0 nuqtadan chiqarilgai ixtiyoriy a0 to’g’ri chiziqqa qo’yib, 10 nuqtani hosil 
qilamiz. So’ngra So nuqtani markaz, S"21' ni radius qilib yoy chizamiz. Markazi 
10 nuqtada va radiusi 1′2′ bo’lgan ikkinchi yoy chizamiz. Har ikkala yoylar o’zaro 
kesishib 20 nuqtani hosil qiladi. Yoyilmaning qolgan 30, 40, 50, ... nuqtalari ham 
shu tartibda yasaladi. Hosil bo’lgan F0 figura berilgan konus yon sirtining 
yoyilmasi bo’ladi. Uni konusning asosi – ellips bilan to’ldirib, to’la yoyilmani 
hosil qilamiz. F konus sirtidagi AВ egri chiziqqa Fo figurada A0V0 to’g’ri chiziq 
mos kelgan. Shuning uchun AВ – konusning geodezik chizig’i bo’ladi. 
Shuningdek, konusning hamma yasovchilari uning geodezik chizig’i bo’la oladi. 
10.8,a,b-rasmda asosi H tekislikka tegishli va uni unga perpendikulyar bo’lgan 
to’g’ri doiraviy F konus Monj chizmasida berilgan. Bunday konus yon sirtining 
yoyilmasi doira sektoridan iborat bo’ladi. 
a) b) 
 
Nazorat savollari 
 
1. Sirt deb nima ataladi? 
2. Qanday sirtlarni aylanish sirtlari deyiladi? 
3. Konusni tekislik bilan kesishganda qanday tekis shakllar hosil bo‘ladi? 
4. Yoyiladigan sirtlar deb qanday sirtlarga aytiladi? 
5. Konus yoyilmasida sektor burchagi qanday aniqlanadi? 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin