Reja: Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotlar



Yüklə 51,48 Kb.
səhifə6/8
tarix10.09.2023
ölçüsü51,48 Kb.
#142417
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotla-fayllar.org

Uzluksiz ta’sirtizimlari;

Diskret ta’sir tizimlari(impulsli varaqamli);

Releli ta’sirtizimlari.
Ikkinchi belgiga ko‘ra uzluksiz va diskret ta’sir tizimlari chiziqli va chiziqsiz tizimlarga ajraladi. Releli ta’sir tizimlari esa to‘lasincha chiziqsiz tizimlar kategoriyasigakiradi.


Uzluksiz ta’sir tizimi deb shunday tizimga aytiladiki, uning har bir bo‘g‘inida kirish miqdorining vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgarishiga chiqish miqdorining uzluksiz o‘zgarishi mos keladi.

Diskret ta’sir tizimi deb shunday tizimga aytiladiki, uning hech
bo‘lmaganda birorta bo‘g‘inida kirish miqdori uzluksiz o‘zgarganda chiqish
miqdori uzluksiz o‘zgarmaydi, balki qandaydir vaqt oraliqlaridan so‘ng paydo bo‘luvchi alohida impulslar ko‘rinishida bo‘ladi. Uzluksiz kirish signalini impulslar ketma-ketligiga aylantiruvchi bo‘g‘inga impulsli bo‘g‘in deyiladi.
Diskret avtomatik tizimlarga impulsli sozlash tizimlari (ya’ni impulsli bo‘g‘inli tizimlar), shuningdek raqamli hisoblash qurilmalariga ega tizimlar kiradi. Bular chiqishda hisoblash natijasini diskret tarzda, muayyan vaqt oraliqlaridan so‘ng, kirish miqdorlarining diskret soniy qiymatlari ko‘rinishida beradi.


Releli ta’sir tizimi deb shunday tizimga aytiladiki, uning hech bo‘lmaganda bitta bo‘g‘inida, kirish miqdorining uzluksiz o‘zgarishida, kirish miqdorining qiymatlaridan bog‘liq bo‘lgan chiqish miqdori jarayonning ba’zi nuqtalarida sakrashsimon o‘zgaradi. Bunday bo‘g‘in releli bo‘g‘in deyiladi.
Endi avtomatik tizimlarni sinflashtirishning ikkinchi belgisiga murojoat qilamiz.


CHiziqli tizim deb shunday tizimga aytiladiki, uning barcha bo‘g‘inlarining dinamikasi chiziqli tenglamalar(algebraik, differensial yoki ayirmali) bilan to‘liq ifodalanadi. CHiziqli tizimlarga superpozitsiya prinsipi qo‘llaniladi. Bu prinsipga ko‘ra chiziqli tizimning ixtiyoriykirish

ta’siriga mos chiqish signalini uning muayyan elementar kirish ko‘rsatadigan reaksiyasi orqali aniqlash mumkin.


ta’sirlarga

Agar tizimning barcha bo‘g‘inlari dinamikasi oddiy chiziqli differensial tenglamalar bilan ifodalansa, bu tizimga oddiy chiziqli tizim deyiladi.


Agarbirorbo‘g‘indinamikasixususiyhosilalichiziqlidifferensial
tenglama(masalan, quvurlar tarmog‘idagi yoki elektr tarmog‘idagito‘lqinli
jarayonlar) bilan ifodalansa, u holda shu bo‘g‘in qatnashgan tizimga tarqalgan parametrli chiziqli tizim deyiladi. Agar tizim biror bo‘g‘inining dinamikasi kechikishli argumentli chiziqli tenglama bilan berilsa, bunday tizimga kechikishli chiziqli tizim deyiladi. CHiziqli impulsli tizimlar dinamikasi chiziqli ayirmali tenglama bilan ifodalanadi. Bu ko‘rinishdagi barcha tizimlar oddiy chiziqli tizimdan farqli holda maxsus chiziqli tizimlar debaytiladi.


CHiziqsiz tizim deb shunday tizimga aytiladiki, uning hech bo‘lmaganda birorta bo‘g‘inining dinamika tenglamasida chiziqlilik buziladi.
Avtomatik tizimlarning tadqiqi, unga kerakli hisoblash ishlarini bajarishda va sintez qilishda shuni e’tiborga olish lozimki, oddiy chiziqli tizimlar uchun nazariya va turli amaliy usullar to‘laroq ishlab chiqilgan.
Odatdatizimningbarchabo‘g‘inlaridinamikatenglamalarinioddiychiziqli
tenglamalarga keltirishga harakat qilinadi. Faqat buning ilojibo‘lmagan

ba’zi
hollarda yoki biroraqsad


bilan maxsus
bo‘g‘in kiritilganda

bo‘g‘inlarning o‘ziga xos xossalari hisobga olinadi. Maxsus chiziqli va


chiziqsiz bo‘g‘inlarning kiritilishi tizimning yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishiga imkon berishi mumkin. Ayniqsa maxsus kiritiladigan chiziqsiz bo‘g‘ini bor tizimlar va diskret tizimlar katta imkoniyatlarga ega. SHular qatorida raqamli hisoblash qurilmalariga ega va adaptiv tizimlar, ya’ni o‘z- o‘zini sozlovchi, ekstremal, o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizimlarni ko‘rsatish mumkin.
ABT ni sinflashtirishning boshqa belgilari ham bor. Tashqi ta’sirlar(oldindan berilgan va qo‘zg‘atuvchi) xarakteridan bog‘liq holda deterministik va stoxastik tizimlarni farqlash mumkin. Deterministik ABTlarda tashqi ta’sirlar vaqtning doimiy funksiyasi ko‘rinishida bo‘ladi. Stoxastik ABTlarda tashqi ta’sirlar tasodifiy funksiyalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Ishlatiladiganenergiyako‘rinishigarqaab quyidagi ABTlar ma’lum: Elektrik tizimlar; pnevmatik tizimlar; gidravlik tizimlar;
elektropnevmatik tizimlar; elektrogidravlik tizimlar.
ABTlarning yuqorida ko‘rib o‘tilgan turli shakllari va xossalarini asosiy belgilovchi deb bo‘lmaydi hamda ular bunday tizimlarning xilma- xilligini to‘lasincha aks ettirmaydi.

Avtomatika va telemexanika tizimlaridagi datchiklar vaijrochi


elementlar
Datchiklar
Avtomatika va telemexanika tizimlarida datchiklar boshlang‘ich yokio‘lchagich
element vazifalarini bajarishadi. Ular yordamida avtomatik tizimlartashqi
axborotniolishadi.Datchiklarningaonchqlivaish ishi,butuntizimishini
tegishli asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta’sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak.
SHartli ravishda, datchiklarni qabul qiliuvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb xisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o‘zgarishiga ta’sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o‘zgartiradi. Bu miqdor, shunga o‘xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So‘ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish u signalini shakllantiradi. Kirish x miq-dorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tez-lanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tez-liknio‘lchashadi.
Har bir turdagi datchiklarni, o‘z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo‘yicha ham tasniflashadi, yani guruhlarga bo‘lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo‘lishadi. Datchiklarni boshqacha turi, chiqish u miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. CHiqish miqdori–elektr bo‘lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig‘im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko‘ptarqalgan.
Datchiklar kirish x signalini son va turi bo‘yicha o‘zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o‘zgar-tiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish u signaliga o‘zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o‘zgartiruvchi qism-larga hojati bo‘lmaydi.
Oraliq o‘zgartiruvchi qismlarga ega datchiklarda, signalni bir necha marta
o‘zgarishi murakkabliklarga, malum darajada aniqlikni yo‘qolishiga olib keladi. x-u o‘zgartirishning ko‘rinishi bo‘yi-cha, datchiklar ikki guruhga: uzluksiz va diskret (uzlukli) o‘zgartiruv-chilarga bo‘linishadi. Uzluksiz o‘zgaradigan datchiklar ulchagich bo‘lib hisoblanadi. Ularda x ning uzluksiz o‘zgarishiga, u ni uzluksiz o‘zgarishi to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha, diskret ishlaydigan datchiklar diskret obektlar holatini, yani chekli holatga ega obektlarninazoratqilishadi.Nazoratqilinadiganko‘pchilikobektlar ikki
pozitsiyaga ega, yani «ulangan» va «uzilgan» holatlarga ega bo‘lishadi. Ana shu sababli, diskret datchiklar, chiqish miqdorlari u=0 yoki u=1 bo‘ladigan ikkilik axborot datchiklari hisoblanishadi.
YArim o‘tkazgichlar texnikasini rivojlanishi va hozirgi avtomatik tizimlarda mikroprotsessorlar va kompyuterlarning keng qo‘llanishligi
tufayli, datchiklar taraqqiyotida yangi g‘oya va yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bu
rivojlanish xususiyatlari, datchiklarni mikroprotsessorlar va kompyu-terlar bilan birga ishlashligi belgilanmoqda. Ana shu sababli, zamona-viy datchiklarning muhim sifati bo‘lib, integral bajarilgani hamda kichik o‘lchamlargaegaligihisoblanadi.Ushbuxususiyatlaritufayli,bittakorpusda
birnechtadatchiklarnijoylashtirishvabubilanbirvaqtnio‘zidabirnechta
fizikaviy miqdorlarni o‘lchaydigan birikma datchik yaratish imkoni tug‘ildi.



Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin