MARKAZIY-JANUBIY OSIYO VA OʻZBEKISTON TARAQQIYOTI Biz oʻtgan davrda “Oʻzbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo — bosh ustuvor yoʻnalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdik. Natijada, mushtarak siyosiy irodamiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida mintaqamiz yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda barqaror rivojlanish makoniga aylanib bormoqda.
Oxirgi toʻrt yilda Oʻzbekistonning kushni davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmi salkam besh barobar oʻsdi. 2016-yilgacha Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yillik tovar aylanmasi hajmi oʻrtacha 100-150 million AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2020-yil yakuni boʻyicha ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 53 foizga koʻpaydi. Tovar aylanmasi Qirgʻiziston bilan 8 barobar, Tojikiston va Turkmaniston bilan 5 barobar, Qozogʻiston bilan esa 1 milliard dollarga oʻsdi.
7-BO‘LIM: OʻZBEKISTON VA UMUMBASHARIY MUAMMOLAR
Davrimizning global muammolari va Oʻzbekiston taraqqiyoti
Iqlim oʻzgarishlari, ekologik boʻhronlar, Orol va ona tabiatni asrash zarurati
Radikalizm, ekstremizm va terrorizm — barqaror taraqqiyot kushandasi
Korrupsiyadan xoli dunyo — umumbashariy orzu
Kambagʻallik: umuminsoniy va milliy muammolar
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya siyosati
Pandemiya tahdidi va unga qarshi kurash tajribamiz
DAVRIMIZNING GLOBAL MUAMMOLARI VA OʻZBEKISTON TARAQQIYOTI Avvalo globallashuv hodisasining oʻzi alohida mavzuga aylandi va bu haqda alohida globalistika fani shakllandi. Global jarayonlar va muammolarning paydo boʻlish tarixi, bugungi xususiyatlari va darajalari, milliy hamda umuminsoniy jihatlari bilan bogʻliq masalalarga eʼtibor ortib bormoqda.
Insoniyat tarixining hozirgi davri va bugungi dunyo taraqqiyoti bundan 40-50 yil oldingi hayot voqeliklaridan keskin farq qiladi. Biz endilikda globallashuv jarayonlari har tomonlama avj olayotgan, butun jahonda u bilan bogʻliq oʻzgarish va yangilanishlar shiddat bilan sodir boʻlayotgan zamonda yashamoqdamiz.