KORRUPSIYADAN XOLI DUNYO — UMUMBASHARIY ORZU Olis oʻtmishda mintaqamizda dunyoga kelgan zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda “haqqoniy hukm chiqarish, pora olmaslik, toʻgʻri guvohlik berish va toʻgʻri gapirish” ijobiy xislatlar sifatida ulugʻlangan boʻlsa, aksincha, “koʻrib turib adolatsizlik, nohaqlik” qilgan amaldorlarning “aytgan va qilgan yomon fikr, yomon kalom va yomon amallari”qattiq qoralangan.
Maʼlumki, har qanday jamiyat alohida insonlardan tashkil topadi. Adolatli va yetuk, komil jamiyatni faqatgina komil insonlarni tarbiyalash orqali qurish mumkin. Insoniyat, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz ham, qadim zamonlardan beri poraxoʻrlik va korrupsiyadan xoli davlat va jamiyat qurish orzusi bilan yashab kelganlar. Hozirgi kunda insoniyatning kelajagiga raxna solayotgan ushbu illatga qarshi global, mintaqaviy hamda alohida davlatlar miqyosida keng qamrovli va koʻp taraflama yondashuvga asoslanib kurash olib borilmoqda. Soʻnggi yillarda tub islohotlar davriga qadam qoʻygan Oʻzbekistonda ham taraqqiyot kushandasi boʻlgan illat — korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda. KAMBAGʻALLIK: UMUMINSONIY VA MILLIY MUAMMOLAR Qadimdan ota-bobolarimiz har bir inson farovon va baxtli yashashga haqli ekanligini, insonlarni yaxshi yashashga intilgani uchun ayblab boʻlmasligini, ayni vaqtda, kambagʻallik domiga tushib qolgan har bir fuqarodan ham oʻz hayotini oʻzgartirishga boʻlgan kuchli xohish, yangilanishlardan qoʻrqmaslik va doimo oldinga intilish talab etilishini eʼtirof etib keladilar.
Afsuski, hozirgi kunda ham jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zoʻravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambagʻallikning global muammolarini yanada kuchaytirmoqda. BMTning maʼlumotlariga koʻra, Yer yuzida 700 milliondan ortiq odam qashshoqlikda kun kechiradi. Kambagʻallikning yuqori darajasi asosan turli nizolar mavjud boʻlgan mamlakatlarga toʻgʻri keladi.