Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Tasviriy san’atni shaxs barkamoligida ilmiy va ijodiy yondashu



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə42/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Tasviriy san’atni shaxs barkamoligida ilmiy va ijodiy yondashu
Rangtasvir- kolorit (lotincha Solor - rang) tasviriy san’at kartina, freska, mazoaka, rangli gravyura real hayotni xaqqoniy aks ettirish uchun ishlatiladigan ranglar o‘zaro mutanosibligi asarning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, san’atkor ko‘zda tutgan g‘oyani badiiy obrazni yaqqolroq ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi. Bunda odam, hayvon va qushlarning hajmli tasviri turli materiallar yordamida yasaladi. Haykaltaroshliqda ko‘pincha tosh, yog‘och, loy, gips, metall va shu kabi materiallardan foydalaniladi. Uning mayda plastika, terrakota, dastgohli haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlik, istirohat bog‘i haykaltaroshligi, dekorativ haykaltaroshlik kabi turlari bor.
XX-asrda grafika san’ati rassomlar akvarel suv bo‘yoq, chizmatasvir, linogravyuura, ofort texnikasida ishlaydilar. Tasviriy san’atning eng murakkab va jozibador turlaridan biri — bu grafika san’atidir. Kitob grafika san’atda roman, hikoya, ertak, sheriy to‘plamlar, gazeta jurnallarni illyustratsiyasi ichki va tashqi tasviri kompozitsiya g‘oyasiga mos tasvirlanadi. Zarvarak (kitobning ustki qismi) o‘quvchilarga adabiy matnning ma’lum yo‘nalishini tasavvur etishlari uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kitobning ustki bezagi reklama vazifasini ham o‘tashi mumkin. Muqova bezagi kitob mavzusining maqsadiga muvofiq bo‘lishi uchun kitobning nomi, uni ifodalovchi tasvir, matn munosabatlari hamda uyg‘unligi va birligiga ahamiyat berish lozim. Muqova bezagidagi kompozitsiya tuzilishi, mazmun va g‘oyani kitobning qaysi yoshdagi o‘quvchilarga yozilganligini belgilab beradi.
Kitobga illyustratsiya bajarish, adabiy asarga qarab ilmiy, ommabop, xujjatli, badiiy bo‘lishi mumkin. Illyustratsiya grafikasi yaqin masofadan ko‘rishga mo‘ljallangan. Kitob mazmuniga qarab tasviriy vositalardan foydalanish mumkin (tush, grafit, qalam, akvarel va hokazo). Adabiyot obrazlar rassom qanday yo‘nalishda va texnikada tasvir bajarish kerakligini belgilaydi. Bir kitobda qalamtasvir, soya - yorug‘, shakl, havo perespektivasi vosita bo‘lsa, ikkinchisida ertak mavzusi odam va hayvon, o‘simliklarni dekorativ tema usulida ifodalashi mumkin. Misol sifatida Bilibinning «Qurbaqa malika» ertak kitobining bezagini keltirish mumkin.
Tasviriy sana’t janrlar- hayot lavhalari, ko‘rinishlarini uning mazmuniga ko‘ra tasvirlovchi badiiy asar turidir. Masalan, manzara, natyurmort, maishiy, portret, nyu va boshqa tasviriy san’at janrlari mavjuddir.
1.2 Tasviriy san’at sintezi xozirgi mavzuni yoritishda Imom Buxoriy yoki Imom Termiziy Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosini yaratish, olis va yaqin o‘tmishimizning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li tasvirlangan ko‘plab asarlar dunyoga kelmoqda. Tasviriy san’atning yoshlar ongiga ta’siri tarixiga nazar tashlasak, kishilik jamiyatining turli rivojlanish bosqichlari (evolyutsion) o‘ziga xos ko‘rinish beradiki, unda o‘sha jamiyatning iqtisodiy ahvoli yaqqol namoyon topadi. Lekin u Shoxizinda, Registon, Guri Amir, Ulug‘bek, Sherdor Tillaqori madrasalari kabi jaxon ahamiyatiga molik me’morchilik mo‘jizalarining vujudga kelishiga monelik qilmadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,Badiiy Akademiyaning xodimlarni istiqboli ijodiy izlanishlarida milliy san’atimiz yutuqlarini targ‘ib etishga yoshlar ongida vatanparvarlik, ijodiy erkinlik hislarini mustahkamlashga undamoqda.
1.3.Tasviriy san’atni shaxs barkamoligida ilmiy va ijodiy yondashuv.
Shunday qilib, barkamol shakllangan shaxsda rang-barang ijobiy belgilar o‘zaro uyg‘unlashgan, yaxlit birlik holida namoyon bo‘ladi. Shaxsning rang-barang fazilatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va ihtiloflar muntazam ravishda o‘zgarish va yuksalishga olib keladi. Shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashdan bosh maqsadi haminsoniy fazilatlarni oqilona muvozanatda saqlab turishdan iboratdir.
Barkamol shaxsning tasviriy san’at va estetik madaniyat,ma’naviyatidagi urnida ravnaq toptirish mustaqillik,yangi zamonaviy san’at tarix sharoitida inson omilini yuksaltirishning muhim sohasi hisoblanadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin