S. F. Abdirasilov


Tasviriy san’at darsining tahlili



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Tasviriy san’at darsining tahlili
Har bir o‘quvchining o‘tkazgan amaliy mashg‘ulot darslari va 
o'quv-tarbiya tadbirlari guruhda professor-o‘qituvchi ishtirokida tahlil 
va muhokama qilinadi. Bu muhokama va tahlillar umumdidaktik va 
metodik tomonlarini birlashtirib amalga oshiriladi.
Tahlil jarayonida eng muhimi, o‘quvchi o‘zini o‘qituvchi sifatida 
tasaw u r qilib o‘z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to‘g‘ri 
baholay bilishidir. Bo‘lg‘usi kichik mutaxassislar amaliy m ashg'u- 
lotlarda tasviriy san’at darslarini o‘quvchilar oldida mashq qilinishi
ularning malakali o‘sishiga yordam beradi.
0 ‘quvchilar tomonidan o‘tilgan tasviriy san’at darsining yoki 
tarbiyaviy tadbirlarning guruh tahlili, odatda, o ‘zini-o‘zi baholashdan, 
o ‘zining hisobotini tahhl qilishdan, darsdagi holati va pedagogik taktini 
baholashdan boshlanadi. Bunda bo‘lajak ijodkor uchun juda zamr 
bo‘igan sifatlar shakllanadi.
0 ‘tilgan 
darslaming 
tahlil 
qilinishi 
dars 
berishdan 
ham 
muhimroqdir. Chunki shu tahlildan keyin ular yana nimalar ustida 
ishlashi kerakligi yoki qanday muvaffaqiyatga erishganligi aniq va 
ravshan ko‘rinadi.
0 ‘tilgan darslarni tahlil etish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
1. Darsning ta’lim-tarbiyaviy va rivojiantirish maqsadlarini aniqligi 
va ahamiyati;
2. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda va uni amalga ^ oshirishda 
o ‘quvchilaming yosh xususiyatlari hisobga olinishi;
3. Ta’lim-tarbiya vazifalarining dare tuzilishiga mosligi;
4. Darsni bayon etishning ketma-ketligi va mantiqiyligi, dars berish 
nutqining talaffuzi, ritmi, ta’sirchanligi.
5.Yangi materialning tanlanganligi va bayon etilishi. Bilimlar 
hajmi, material mazmuni dasturiga, o ‘quvchilaming bilim darajasiga 
mos kelishi va darslik talablariga muvofiqllgi.
154
www.ziyouz.com kutubxonasi


ó.Bayon qilinayotgan materialning ilmiy va g‘oyaviy yo‘nalganligi, 
hayotliligi, tarbiyalovchilik xarakterdaligi.
7 .0 ‘quv materiallami bayon qilishda, didaktik prinsiplarga amal 
qilinishi, darsning bosqichlari va davomiyligi.
8 .0 ‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirilishi, dars bosqich- 
larida o‘quvchilaming diqqat-e’tiborini saqlab turish usullari. Avval 
o ‘tgan mavzular bilan bog‘liqligini ta’minlanganligi. Mavzuni idrok 
qilish va ariglab olishlari uchun o‘quvchilami ijodiy ishga jalb qilinishi.
9.Dars o‘tish metodlarining optimalligi (suhbat, ko‘rgazmai¡, 
amaliy induktiv va deduktiv, reproduktiv va izlanish, mustaqil ishlash 
metodlari, ta’limni sifatini nazorat qilish metodlari). Darsni bayon etish 
tizimi va ketma-ketligi, obrazliligi, tushunarliligi. 0 ‘quvchilaming 
oldiga 
muammoli 
savollar 
qo‘yilishi, 
mantiqiy 
masalalaming 
shakllanishi.
10.Dars o‘tish mobaynida ta’lim shakllarini optimal birligi 
(umumsinfli, guruhli, individual li) va individual yondashishni amalga 
oshirilishi.
11.Darsni o ‘tish vaziyatida turli ko‘rgazmali qurollardan, axborot 
texnologiyalardan, sinf taxtasidan unumli foydalanganligi.
12.Mavzuni mustahkamlashga berilgan ijodiy mustaqil ishlaming 
yo‘nalishlarini optimalligi.
13.0‘quvchilarning darsdagi xulqi, darsga bo‘lgan munosabati, 
faoliik darajasi, qiziqishi, intizomining ahvoli, intizom buzilishining 
sabablari.
14.Uy vazifalarining turlari va hajmi, ularni bajarish to‘g‘risida 
o‘qituvchining metodik ko‘rsatmaIari, uy vazifalarining mazmunini 
o‘quvchilaming tushunib olishlari, ba’zilarga qo‘shimcha (individual) 
vazifalar berish.
15. 0 ‘tilgan darsga umumiy xulosa yasash.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin