S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


shunaqasini tanlanganligini izoxlash



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

shunaqasini tanlanganligini izoxlash. 
 
Motivlar xulq-atvor
yo`nalishini tanlashni
belgilaydigan sabablardir
hamda birgalikda kishi
shaxsining yunalganligini
tashkil etadi. 
3.
Motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni 
o`zi boshqaradigan vosita hisoblash. 
Bu vositalarga hissiyotlar,
emotsiyalar, istaklar,
qiziqishlar, dunyoqarash va
ehtiqod kiradi. 


Irodaviy harakatda uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik 
manbai, uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish 
kilingandir. 
Shunday qilib, ehtiyojlar bir xil harakatlarning bajarilishini belgilaydigan va 
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil motivlarga aylanadi. Irodaviy 
harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko`pmi darajada anglanilgan harakterda 
bo`ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganiga bog`liq holda intilish va 
istakni ham farq qilsa bo`ladi. Yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat 
faoliyat motivi - intilishdir. Faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli 
darajada tushunib yetilganligi bilan harakterlanashi - istakdir. Malakali yosh 
muxandis mehnat unumdorligini yanada oshirish istagini bildirib, yangi ilg`or 
texnologiya yordamida o`z chizmalarini yanada takomillashtirish to`g`risida 
o`ylaydi, o`z ish jadvalini qayta ko`rib chiqib, har bir harakatini hisobga oladi. 
Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati - ijrodir. Unda qaror harakatga 
aylanadi, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni 
ijro etish - ko`pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo`r berish sifatida 
tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Irodaviy zo`r berish bu 
hissiy xayajon shakli bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga 
keltiruvchi, gohida yo`q bo`luvchi yoki yetarli bo`lmagan ichki resurslarini 
(xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar etuvchi sabablardir. Irodaviy zo`r berish 
natijasida bir xil motivlarning harakati to`xtatlib, boshqalarining harakatini haddan 
ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi. Burch hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-
g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf etishga va harakat qilishga safarbar etadi. 
Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar 
ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z ustingdan erishilgan 
g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Tashqi to`siq yengib o`tish lozim bo`lgan ichki 
qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo`lsa u irodaviy zo`r 
berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-g`ayrat sarflash odati matonatli fe’l-atvorni 
shakllantirishning majburiy sharti bo`lib xizmat qiladi. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin