S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir. Ijodiy hayol singari orzu ham 
alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq 
qilgan ikki muhim xususiyati bor:
1. Orzu - tilakdagi mavjud obrazlar yaratilishi, lekin ijodiy hayol yaratgan 
obrazlar hamma vaqt yozuvchining tilaklarida gavdalanavermaydi. Misol uchun, 
N.V.Gogolg’ asaridagi CHichikov, Plyushkin, Nozdrevlar kabi salbiy obrazlarni, 
«Gogolg’ning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb 
qilgan narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.
2. Orzu - ijodiy faoliyat doirasiga kirmagan, ya’ni badiiy bir asar, ilmiy 
kashfiyot, texnikaga oid ixtirochilik va boshqa buning kabi narsalarda oshkor 
bo`lib, bevosita va darhol bir samara bermagan hayoldir. Orzu kelajakka 
qaratilgan, kelajak bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt fantaziya 
qo`shilgan bo`ladi. Biroq hamma vaqt ham odamning amaliy harakatlarida hayol 
jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko`pincha hayol jarayonlari odam 
amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya’ni alohida ichki faoliyat 
shakliga kirib oladi. Ana shunda odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni orzu deb 
biladi. Orzu odamning voqelikni o`zgartirishga qaratilgan ijodiy kuchlarni hayotga 
tadbiq qilishni zarur shartlaridir. Orzu hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir.  


 Psixologiyada hayol insonning ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida 
talqin kilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy maxsullari 
orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga 
kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni tahminlash imkoniyatiga ega. 
 
 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin