Natijalarni hisoblash:
Javoblar kalit bilan mos kelsa bir ball hisoblanadi. Ballarni uch ko`rsatkich
bo`yicha (A, B, V) alohida hisoblang.
A ko`rsatkichi (javoblarning haqqoniyligi)
Agar №6, 24, 36 savollarga «Ha» javob bergan bo`lsangiz bir ball qo`shasiz.
Agar №12, 18, 30, 42, 48, 54 savollarga «Yuk» javob bergan bo`lsangiz bir ball
qo`shasiz.
B ko`rsatkichi (muloqotga kirishuvchanlik darajasi, atrofdagilar fikriga qarab
harakat kilish, yangi sharoitlarga moslasha olish mahorati)
Agar №1, 3, 8, 10, 13, 17, 22, 25, 27, 39, 44, 46, 49, 53, 56 savollarga «ha» javob
bergan bo`lsangiz bir ball qo`shasiz.
Agar №5, 15, 20, 29, 32, 34, 37, 41, 51 savollarga «Yo`q» javob bergan
bo`lsangiz bir ball qo`shasiz.
V ko`rsatkichi (emotsional sezgirlik, qo`zg`aluvchanlik darajasi)
Agar № 2, 4, 7, 9, 11, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 31, 33, 35, 38, 40, 43, 45, 47, 50,
52, 55, 57 savollarga «Ha» javob bergan bo`lsangiz bir ball qo`shasiz.
Yakuniy xulosa har uch ko`rsatkich bo`yicha tuziladi.
1. A > 4.
Siz yetarlicha haqqoniy javob bermagansiz. Sizdan ko`proq samimiy bo`lishni
so`raymiz. Bu siz uchun foydali, chunki bu vaziyatda sizning xususiyat va
qiziqishlaringizni aniqlash mumkin bo`ladi.
2. A < 4, B > 16, V > 16.
Siz qiziqqon, ta’sirchan, oson qo`zg`aluvchan odamsiz. O`zingizni tutib turish siz
uchun qiyin, ortiqcha shartaki va to`g`riso`zsiz. Ishga jon dildan kirishasiz, lekin
omadsizlikda qiziqishingizni tez yo`qotasiz. Sizning tipingizdagi odamlar kuchli diqqat-
e’tiborni, maksimal kuch-quvvatni talab qiladigan, lekin uzoqdavom etmaydigan ishni
ma’qul ko`radilar. Ularni harakatlarning yuqori jadalligi, turfa xillik, fikrlash va
mantiqiylikni namoyon qilish zaruriyati jalb qiladi.
3. A < 4, B > 16, V < 8.
Siz muvozanatli odamsiz, o`zingizni ushlay olasiz. Qiyin hayotiy vaziyatlarda
ba’zan o`zingizni yo`qotib qo`yishingiz mumkin, lekin iroda kuchi bilan muvozanatni
saqlab qolishga qodirsiz. Sharoit o`zgarishlarini oson qabul qilasiz, yangini tez
o`zlashtirasiz, odamlar bilan muloqotga kirishuvchansiz, faol faoliyatga intilasiz.
Topaqonlik, mantiqiylik, sergayratlilik, chidamlilik va qat’iyatlilikni talab kiluvchi ish
va vazifalarda mustaqillikni afzal ko`rasiz. Sizning tipdagi odamlar aniq rejalashtirilgan,
voqealarning ketma-ketligi hisobga olinganligi talab qilinuvchi faoliyatni yaxshi
eplaydilar. Ko`pincha ular yetakchi (lider), tashkilotchi bo`ladilar.
4. A < 4, B > 16, 8 < V < 16.
Siz yetarlicha g`ayratli va muloqotga kirishuvchansiz, o`z oldingizda aniq vazifa
va konkret ishni ko`rsangizgina faolsiz. Sharoit o`zgarishini yomon qabul qilmaysiz,
yetarlicha tez unga moslashasiz, yangini oson o`zlashtirasiz. Siz shijoatlisiz,
charchamasdan uzoq ishlay olishga qodirsiz, vazminsiz, o`zingizni tuta olasiz, yangi
faoliyatga oson kirisha olasiz.
5. A< 4, B < 8, V < 8.
Siz o`z tuyg`ularingiz va harakatlaringizda ancha muvozanatli odamsiz. qiyin
hayotiy vaziyatlarda bosiq va ravon bo`lib qolasiz. Juda vazminsiz, o`ylab, lekin sekin
harakat qilasiz. O`zgaruvchi sharoitlarga qiyinroq moslashasiz. Sizga o`ylab olish uchun
vaqt kerak bo`ladi, lekin ishni boshlagach uni oxirigacha yetkazishga harakat qilasiz.
Kamgapsiz, shunchaki gapirishni yoqtirmaysiz, odamlar bilan muloqotda bo`lish siz
uchun qiyin. Vazifalarning tez-tez almashishini va sekin harakatni talab qilmaydigan
ishni ma’qul ko`rasiz. Mustaqil ravishda qarorga kelishga qiynalasiz, shuning uchun
odamlar va ishlab chiqarish tashkilotini boshqarish javobgarligini o`zingizga
olmaganingiz ma’qul.
6. A< 4, B < 8, V >16.
Siz taassurotli, uyatchan odamsiz, odamlar bilan qiyin muloqotga kirishasiz. Tez
xafa bo`lasiz, o`zingizga tanish, odatiy sharoitdagina o`zingizni ishonchli his qilasiz.
Sizni kam biladigan odamlar, ko`pincha sizni tushunmaydilar. Sizga katta asabiy
tanglikni, tez jarayonlarni va tez-tez o`zgaruvchan faoliyat turlarini talab qilmaydigan
sharoitlarda ishlash tavsiya qilinadi.
7. A < 4, B < 8, 8 < V <16.
Siz muloqotga juda kam kirishuvchan, uyatchan, tuyg`ularda yetarlicha vazmin,
ko`p o`ylaydigan, fikrlashga moyil odamsiz. Harakatlarda asosan o`z shaxsiy
tuyg`ularingiz, tasavvurlaringizga mo`ljallanasiz. Bunday odam faqat ozgina do`stlari
bilangina yaqin bo`ladi. Harakatlarini oldindan rejalashtiradi, kuchli taassurotlarni
yoqtirmaydi, tinch va tartibli hayotga intiladi. Bu tipdagi odamlarga o`tirib ishlaydigan,
punktuallikni, diqqat-e’tiborni talab qiladigan kasblar maqsadga muvofiq. Ular yolgiz
ishlashni ma’qul kuradilar.
8. A < 4, 8 < B < 16, V >16.
Siz emotsional noturg`un, ta’sirchan
odamsiz.
Me’yorida muloqotga
kirishuvchan, lekin odamlar bilan munosabatda uncha chidamli emassiz, tez ranjiysiz.
Sizning harakatlaringiz ko`pincha kayfiyatingizga bog`liq bo`ladi: siz ba’zan juda
g`ayratlisiz, ba’zan xafaqon va kamharakat bo`lib qolasiz. Qarashlar, fikrlar va
qiziqishlarda qat’iy emassiz. Sizda intuitsiya yaxshi rivojlangan. Sizning tipingizdagi
odamlar qiziqarli, emotsiya bilan bog`liq, jismoniydan ko`ra aqliy, lekin davomli
bo`lmagan ishlarni ma’qul ko`radilar.
9. A < 4, 8 < B < 16, V < 8.
Siz bosiqsiz, do`stlik va qiziqishlarda turg`un odamsiz. Emotsiyalar sizga
narsalarni haqiqatda yaqin ko`rishga xalaqit bermaydi. Hayotga moslashishni bilasiz,
o`ylaysiz, me’yorida muloqotga kirishuvchansiz, lekin harakatlaringiz boshqalarning
fikrlariga bog`liq emas, maslahatlar bilan yaxshi bo`lishasiz, omadsizlikdan
qo`rqmaysiz, uning sabablarini o`rganishga harakat qilasiz. Bu tipdagi odamlar turli xil
faoliyat turida (ayniqsa, harakatlar aniq bo`lsa va yakuniy natija ko`rsatilsa)
muvaffaqiyat qozona oladilar.
10. A < 4, 8 < B <16, 8 < V < 16.
Siz me’yorida muloqotga kirishuvchansiz, bosiqsiz, lekin ba’zida his-
tuyg`ularingizga erkinlik berasiz. Yetarlicha ochiqsiz, xavotirli emassiz,
yolg`izlikni yaxshi kechirasiz, shovqinli davralarni uncha yoqtirmaysiz. Sizning
tipingizdagi odamlar me’yorida faol, xulq-atvorda universaldirlar. Ular
faoliyatning turli sohalarida, lekin ishning muhimligini anglaganda, lavozim
ko`tarilishi imkoniyati mavjud bo`lgan sharoitda Shaxs idrokining assotsiativ
Dostları ilə paylaş: |