S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
shaxsning bilish jarayonlari

Test kaliti. 
«Ha»-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23.
«Yo`k»- Z, 4, 5, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 18, 21. 


Natijalarning miqdoriy tahlili.  
Ballar yig`indisi 0-9 dan past bo`lganda: sizning faoliyatingizda 
muvaffaqiyatga ehtiyoj yaqqol ko`rinmaydi.
10-13 ballgacha: sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin hayotda 
faoliyatingizni tashkil qilishda har doim ham muvaffakiyatga ehtiyoj 
sezavermaysiz.
14-23 ballgacha: sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yuqori 
darajada, har doim muvaffaqiyat bo`lishiga ishonasiz, qat’iysiz u yoki bu darajada 
murakkab, lekin bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz.
Shaxsda hayol xususiyatini aniqlash testi 
Har birimiz hayolimizda qandaydir voqea yuz berishini kutib yashaymiz. 
Ammo o`zlari sarguzasht qidirib yuruvchilar ham bor. Xo`sh, siz sarguzashtsevar, 
tavakkal qilishga qodirmisiz? Buni bilishni istasangiz, quyidagi test savollariga 
javob bering: 
a) tez-tez xizmat safarlari bo`ladigan ishni yoqtiraman; 
b) bir joyda o`tirib ishlash menga mahqul; 
a) sovuq xavodan jonlanib ketaman; 
b) sovuqda hayolim faqat uyga qanday yetib olishda bo`ladi; 
a) ertaga kech kim bilmaydigan, beqaror davrda yashagim keladi; 
b) har bir kishi himoyalangan, kelajagi aniq jamiyatda yashash zavkli; 
a) bahzan tezlik bilan ketayotgan mashinada sayr qilgim keladi;
b) katta tezlikdagi mashinalarda o`tirishdan qo`rqaman; 
a) shartnoma asosida, ishbay xaq to`lanadigan ishni mahqul ko`raman;
b) aniq, barqaror, ma’lum maoshga ega ish men uchun afzal; 
a) mening fikrimga qo`shilmasliklari menda ko`proq rag`bat uyhotadi; 
b) fikrimga qarshilik qilganlar bilan baxslashib o`tirishga toqatim yo`q; 
a) gipnoz ta’sirida bo`lib qolishni his etgim keladi;
b) meni gipnozlashlarini istamayman; 
a) hayotda berilgan bor nehmatlardan totib ko`rish kerak; 
b) hayotdagi asosiy maqsadim - tinchlik va baxt; 


a) dengiz yo bo`lmasa sovuq suvli xovuzga o`zimni birdan tashlayman; 
b) sovuq suvga sekinlik bilan kiraman; 
a) yangi, original qo`shiqlarni eshitgim keladi; 
b) zamonaviy musiqani yoqtiraman; 
a) zerikarli bo`lib qolishdan yomoni yo`q; 
b) eng katta kamchilik - qo`pollik va tarbiyasizlikdir; 
a) his-tuyg`uga boy insonlarni yoqtiraman, garchi ular aniq muvozanatga 
ega bo`lmasalar-da; 
b) xotirjam insonlarni yoqtiraman
a) mototsikl xaydab ko`rish istagidaman; 
b) mototsiklga xatto o`tirib ham ko`rmasdim. 
Natijalar: 
Agar «a» javoblari ko`p bo`lsa: sarguzashtga boy voqealarga duch kelishga 
bo`lgan qiziqishingiz juda kuchli. Asablaringizni qitiqlab qo`yuvchi hodisalar 
ishtirokchisi bo`lishga intilib, turli sarguzashtnamo voqealarga aralashib yurasiz. 
Harakatlaringizni oldindan o`ylab ko`rmasligingiz ham shu qiziqishlaringiz tufayli 
bo`lsa kerak. Ammo ehtiyotkorroq bo`lishni ham unutmang. Amalga oshirmoqchi 
bo`lgan qarorlaringizni oldindan o`ylab ko`ring. Axir tavakkalchilik hamisha ham 
omad keltiravermaydi-ku. 
Agar «b» javoblari ko`p bo`lsa: o`zingizda bahzan sarguzasht va turli antiqa 
voqealarga nisbatan bo`ladigan qiziqishni vaqtida jilovlay olasiz. To`g`ri, siz 
yangiliklarga o`chsiz, ammo sovuqqonlik hamda mulohazakorlik bilan ish tutasiz. 
Bahzan ichki sezgingizga ham ishoning, tavakkal bosilgan qadam ham yutuqlar 
keltirishi mumkin. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin