S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/57
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#161210
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

1.4-rasm. Ish o’rinlarining tasnifi
Ish o’rnining oqilona tashkil qilinishi texnologik operatsiyani yoki aniq bir
vazifani eng kam vaqt va energiya sarflagan holda bajarish asosida yuqori
unumdorlikka erishishga qaratilgan bo’lishi kerak. Yuqori unumli ish faqat ish
o’rinlarini yuqori unumli texnika bilan jihozlanganligi asosida emas, balki ish
o’rinlarida ishlab chiqarish vositalarini mehnat predmetlari va mehnat qurollarini
to’g’ri joylashtirish, ishchilarning ortiqcha, noqulay, murakkab harakat qilishlariga
yo’l qo’ymaslik, ish vaqtidan unumli foydalanish va boshqalar asosida ham amalga
oshiriladi. Shunga ko’ra, ish o’rnini oqilona tashkil etish ishchiga vazifalarni
Ish o’rinlаri
Pоtоksiz ishlаb chiqаrish
jаrаyonlаridаgi ish
o’rinlаri
Tеxnоlоgik оpеrаtsiyalаr – qo’ldа
bаjаrilаdigаn ish o’rinlаri
Mеxаnizаtsiyalаshgаn vа аvtоmаtlаshgаn
ish o’rinlаri
Erkin mаrоmli
pоtоklаrdаgi ish
o’rinlаri
Qаt’iy mаrоmli
pоtоklаrdаgi ish
o’rinlаri
yakkа
jаmоаli
Yakkа ishlаb
chiqаrishdаgi
ish o’rinlаri
Оmmаviy ishlаb
chiqаrishdаgi ish
o’rinlаri
Sеriyali ishlаb
chiqаrishdаgi
ish o’rinlаri
Ko’p stаnоkli
Bir stаnоkli
Аppаrаtli
Mаshinаli
Аppаrаtli
Jаmоаli
Yakkа
Yakkа ishlаb
chiqаrishdаgi
ish o’rinlаri
Оmmaviy ishlаb
chiqаrishdаgi ish
o’rinlаri
Sеriyali ishlаb
chiqаrishdаgi
ish o’rinlаri


50
bajarishni engillashtirishi, unumsiz vaqt sarflarini bartaraf qilishda yordam berishi,
mehnat faoliyati uchun madaniy va sog’lom sharoit yaratishi kerak.
Engil sanoat korxonalari asosan ommaviy ishlab chiqarish turiga qarashli
bo’lib, korxonaning asosiy sexlari bir turli mahsulotdan ko’plab ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan bo’ladi. Shuning uchun ham ish o’rinlarining barqaror tizimini yaratish
maqsadga muvofiqdir.
Ish o’rinlarini oqilona tashkil etilishi quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: ish
o’rinlarini jihozlash, ish o’rniga xizmat ko’rsatishni yaxshilash, ish o’rnini rejalash va
ish o’rnida sog’lom mehnat sharoitini yaratish.
Ish o’rnini jihozlash - bu mehnatni engillashtirish va uning unumdorligini
oshirish uchun ish o’rni maxsus texnik jihozlar, moslamalar, qurollar, kichik
mexanizatsiyalar bilan qurollantirishdir. Ish o’rnini jihozlash quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
- mashinalarga xizmat ko’rsatishning maksimal darajada qulay bo’lishini
ta’minlash;
- ish usullarini tez va oson bajarish;
- mashinali ishlab chiqarish jarayonida ish usullarini mumkin qadar
mashinalarni to’xtatmay bajarish;
- xom ashyo, yarimfabrikatlar, asosiy, yordamchi materiallar, asboblar va
boshqalarni ishchi uchun qulay bo’ladigan darajada joylashtirilishini ta’minlash;
- xavfsiz va sog’lom ish sharoitini ta’minlash kerak.
Ish o’rinlari asosiy texnologik jihozlar bilan bir qatorda texnika xavfsizligini
ta’minlaydigan moslamalar bilan ham jihozlanishi kerak. Bunga tikuvchilik va
poyafzal korxonalaridagi asosiy ishchilar oyog’ining tagiga yog’ochdan yasalgan
tagliklar, ish o’rinlari orasiga qo’yiladigan to’siqlar, operatsiyani sifatli bajarish
uchun ish o’rniga o’rnatilgan moslamalar va boshqalar misol bo’la oladi.
Ko’p moslamalar ish usullarini bajarilishini engillashtirishi kerak bo’ladi. Ip
uzilganda yoki operatsiya tugaganda mashinani avtomatik ravishda to’xtatadigan
moslamalar bilan jihozlanishi maqsadga muvofiqdir.


51
Ish usullarining bajarilishini osonlashtiradigan turli moslamalar ko’p vaqt
tejash va mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Og’ir yuklarni ko’tarishda
ham maxsus moslamalardan foydalaniladi, ular o’z navbatida mehnatni engillashtirib,
mehnat unumdorligini oshiradi.
Asosiy ishchilarning ish o’rinlari yordamchi ishchilarni chaqiradigan maxsus
moslama vositalari bilan jihozlanish maqsadga muvofiq bo’lib, bu vositalar asosiy
ishchilarning yordamchi ishchilarni chaqirib kelish bilan bog’liq ish vaqtlarini zoye
ketishini oldini oladi. Bunday qurilmalar xizmat ko’rsatadigan ish o’rinlarining
soniga ko’ra yakka yoki guruhli bo’lishi mumkin. Ish o’rinlariga joylashtirilgan
chaqirish vositalari o’z navbatida ovozli, ko’rinadigan va ovozli-ko’rinadigan bo’ladi.
Ko’proq har xil bayroqchalar, rangli doiralar yoki signal chiroqlaridan foydalaniladi.
Ish o’rinlarida mehnat jarayonida sodir bo’ladigan zo’riqishni kamaytiradigan
moslamalar bo’lishi kerak. Ishchining ortiqcha va qiyin harakatlar qilishini bartaraf
qilinishi uchun ish o’rnida ishchining oyog’ini tagiga qo’yadigan panjara tagliklar,
yarimfabrikatlar, detallarni qo’yadigan javonlar, o’tirish balandligini to’g’rilash
uchun buralib ko’tariladigan stullar, kerak bo’lsa ko’chma stullar kabi moslamalar
bilan jihozlanishi kerak. Bu moslamalar ishchining charchashini kamaytiradigan va
uning mehnat unumdorligini oshiradigan muhim vositalardandir.
Ish o’rinlarini tashkil etishning muhim elementlaridan biri - ish o’rniga xizmat
ko’rsatishdir. Ishchining ish vaqti va texnikadan samarali va to’la foydalanish, har
bir ish o’rnida mo’tadil ish maromini tashkil etish hamda mehnat unumdorligiga
erishish ish o’rinlariga xizmat ko’rsatishning to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’liqdir.
Ish o’rinlarida xizmat ko’rsatishni to’g’ri tashkil qilish:
- ish o’rinlarini xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar bilan etarli
miqdorda uzluksiz ta’minlashni, ish o’rinlarini zarur texnika jihozlari, tashkiliy va
texnikaviy uskunalar bilan ta’minlash va ularni beto’xtov ishlashi uchun oldindan
tuzilgan jadval asosida ta’mirlab turishni, ish o’rinlarini elektr energiya, bug’ va
hokazolar bilan beto’xtov ta’minlab turishni, ish o’rinlarida ishlov berilgan mehnat
predmetlarini va chiqindilarning taxlanib va to’planib qolmasligini va ularni o’z
vaqtida olib ketilishini ta’minlashni;


52
- har bir ishchining o’ziga berilgan ishlab chiqarish topshiriqlarini tushunib
olishini va ko’rsatmalar bilan tanishtirilishini, ish o’rinlarini ko’rsatmalar xaritalari,
muxandislik ta’minlash xaritasi, me’yoriy hujjatlar va hokazolar bilan ta’minlash, ish
o’rinlarida tozalik va tartibni saqlab turishni nazorat qilishni va boshqalarni ko’zda
tutadi[12].
Ish joyiga xizmat ko’rsatishni tashkil etishning asosiy sharti bu ishdan oldin,
profilaktika tarzida amalga oshirilib qo’yilishidan iboratdir. Ko’p stanokli ishda bu
juda katta ahamiyatga egadir. Shu talabga binoan hamma tur materiallarning zahirasi
barvaqt, ishdan uzilish yuz berishdan oldin qayta tiklanib qo’yilishi kerak. Tayyor
mahsulotni va ishlab chiqarish chiqindilarini o’z vaqtida ish joyidan olib ketilishi
kerak. Materiallar bilan notekis ta’minlash mashinalar va odamlarning bekor turib
qolishiga sabab bo’ladi. Shu boisdan vaqtning bekor ketishi ayniqsa ko’p stanokli
ishda ko’p bo’ladi. Materiallar zahirasi haddan tashqari ko’p bo’lmasligining ham
muhim ahamiyati bor. Ortiqcha materiallar yurish yo’llarini band qilib qo’yadi,
tartibsizlik hosil qiladi, bemalol yurishga xalaqit beradi. Bundan tashqari uzoq turib
qolgan yarim fabrikatlar, materiallar, detallarni chang bosib, ularning sifatiga putur
etkazadi. Materiallar zahirasini ortiqcha bo’lishi, shuningdek, muomaladagi
mablag’lar aylanishini sekinlashtirib qo’yadi.
Ish o’rniga keladigan materiallar zarurat bo’lgan taqdirda oldindan ham sifat,
ham miqdor jihatidan nazoratdan o’tishi kerak.
Uskunalarni durust texnik holatda saqlash ish joylariga xizmat ko’rsatishning
asosiy masalalari qatoriga kiradi. Uskunalar vaqtida tozalab, moylab turilsa va rejali
ehtiyot ta’mirlash bo’lsa, ularning uzluksiz ishlashiga erishiladi.
Ish joylariga xizmat ko’rsatish profilaktik xarakterda bo’lishi uchun
materiallarni grafikka binoan etkazib turishni tashkil qilish, uskunalarni tozalash,
profilaktik ko’rikdan o’tkazish, o’rta va kapital ta’mir qilish jadvali ishlab chiqilishi
kerak. Ish joylariga xizmat ko’rsatish jadvaliga rioya qilinishi ishchilarning o’zi ham,
sex ma’muriyati ham doimo nazorat qilib turishi kerak.
Ish o’rinlarini rejalashtirish - bu texnologik jihozlarni, tashkiliy va texnologik
uskuna va vositalarni, yarim tayyor mahsulot va mahsulot detallarini oqilona


53
joylashtirish, mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan tejab foydalanish, me’yoriy
hujjatlarga rioya qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish demakdir yoki
qisqaroq aytganda ish o’rnida mehnat qurollari va mehnat predmetlarini oqilona
joylashtirish tushuniladi.
Ish o’rinlari ishlab chiqarish binosida belgilangan sanitar me’yorlar, ish
qadamlarining kattaligi asosida joylashtiriladi. Bunda ish o’rinlarini mehnat
predmetlari bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil qilish, xodimlar va ichki transport
vositalari boradigan yo’llarni belgilash, ishchilar uchun qulay va xavfsiz mehnat
sharoitini ta’minlash katta ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarish maydonidagi har
bir ish o’rnini oqilona tashkil qilishning asosiy vazifalaridandir.
Ish o’rinlari shunday rasmiylashtirilishi kerakki, ishchi mehnat predmetlari,
asboblar va moslamalardan foydalanganda eng kam energiya va vaqt sarflab, yuqori
natijaga erishishi kerak. Buning uchun har bir ish o’rnida ishchining ish zonasini
belgilash lozim. Ish zonasi normal va maksimal bo’ladi. Normal ish zonasi - bu ishchi
qo’lini yarim cho’zgan holda harakat qiladigan maydonidir.
Maksimal ish zonasi esa, ishchi qo’lini to’liq cho’zgan holda harakat qiladigan
maydonidir.
Fiziolog olimlarning ta’kidlashlaricha, ishchining maksimal ish zonasida
qiladigan harakati zo’riqishli harakat bo’lib, ishchini tezroq charchashiga olib keladi.
Shu sababli ish o’rinlarini rejalashtirishda zo’riqishli harakatlar sonini kamaytirishga
harakat qilinadi, mehnat predmetlari, qurollar imkoniyati boricha normal ish zonasida
joylashtiriladi. Qo’l barmoqlarining harakati eng kam zo’riqishli harakat bo’lib,
undan keyin bilak va umuman qo’l harakatlari turadi. Elkaning, ayniqsa gavdaning
harakati eng charchaydigan va eng uzoq vaqt davom etadigan harakatdir.
Shularni hisobga olgan holda ish o’rnida mehnat predmetlari, qurollari
ishlatilishiga ko’ra joylashtiriladi: ko’p ishlatiladigan predmetlar normal ish zonasida
barmoqlar yoki qo’lni to’liq cho’zmagan holda bajaradigan qilib, o’ng qo’l bilan
olinadigan o’ng tomonda, chap qo’l bilan olinadiganlar chap tomonga joylashtiriladi.
Smena davomida juda kam ishlatiladigan predmetlar esa ishchining maksimal ish
zonasiga joylashtiriladi, bunda elka yoki gavdaning harakat qilishi ko’zda tutiladi.


54
Har bir mehnat predmetlari va qurollarini aniq bir joyga joylashtirish kerak,
shunda bularni ishlatishda ishchi ham vaqtdan va kuchdan iqtisod qiladi. Mehnat
predmetlari saqlanadigan joylar tasodifan tanlanmasligi kerak, ular albatta
ishlatiladigan joylarga mumkin qadar yaqin bo’lishi shart.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda har bir ish o’rni umumiy va xususiy
talablar javob beradigan darajada rejalashtiriladi. Agar umumiy talablarga ish
o’rinlarini sanitar me’yorlarga asosan rejalashtirish kirsa, xususiy talablarga esa har
bir texnologik operatsiyasining bajarish shartiga ko’ra (qo’l, mashina-qo’l, mashina
operatsiyalari) joylashtirish tushuniladi.
Mehnat predmetlari va qurollarini oqilona joylashtirishning aniq usullari ishlab
chiqarish texnikasiga, uning texnologiyasiga, mehnatni tashkil qilish usuliga bog’liq.
Ish o’rinlarini rejalashtirish ishchining yuqori unumli, samarali mehnat qilishi uchun
maksimum qulaylik yaratilishiga qaratilgandir.
Ish usullarini oqilonalashtirish asosida ishchining mehnat unumdorligi o’sib,
jismoniy zo’riqish kamaytiriladi.
Ishchi mehnat jarayonida mehnat qurollari yordamida mehnat predmetlariga
ta’sir ko’rsatadi va o’zining tana organlari: barmoqlari, qo’li, oyog’i, gavdasini
harakatga keltiradi. Tana organlarini harakatlanishiga ko’ra mehnat harakatlari va
mehnat usullariga ajratiladi.
Ish bajarayotganda ishchi tanasining biron organini bir marta qo’zg’altirilishi
(masalan, qo’lni uzatish, ipni olish, burash, yurgizish va boshqalar) mehnat harakati
deyiladi. Ayrim maqsadni ko’zlab uzluksiz bajarilgan mehnat harakatini tugallangan
yig’indisi (masalan, uzilgan ipni ulash, mokini almashtirish, detalni olish va
boshqalar) mehnat usuli deb ataladi.
Ish usullari ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismi bo’lib, ularning
vazifasi va mazmuni ishlab chiqarish operatsiyasining xarakteri va turiga qarab
belgilanadi.
Ish usullarini bajarishga ijrochilarning mushak va asab kuchi, shuningdek ish
vaqti sarflanadi. Ish usullarini oqilonalashtirish kuch va ish vaqtini tejashi, mehnat
xavfsizligini va mahsulot sifatini ta’minlashi kerak.


55
Muxandislik tadqiqotlari va psixofiziologik tadqiqotlar ish usullarini
oqilonalashtirishning quyidagi asosiy yo’llarini belgilab bergan:
1. Mehnat harakatini tejash.
2. Mehnat harakatlarining parallelligini ta’minlash.
3. Mehnat harakatlarini bajarilish masofasini qisqartirish.
4. Mehnat harakatlarining bajarilish tezligini oshirish.
Mehnat harakatlarini tejash mehnat harakatlarini maqsadga muvofiqligi va
mumkin qadar qisqa vaqtda bajarilishi bilan belgilanadi. Mehnat harakatlarini
maqsadga muvofiqligi asosida unumli va unumsiz harakatlarga ajratiladi. Mehnat
harakatlarini tejash asosan maqsadga muvofiq bo’lmagan unumsiz harakatlarni
yo’qotish hisobiga amalga oshiriladi.
Maqsadga muvofiq bo’lgan unumli harakatlarni kamaytirish hisobiga
ishchining ish vaqtidan to’liq foydalanish imkoni paydo bo’ladi. Bu korxonalarda
kichik mexanizatsiyadan, har xil maxsus moslamalardan, asbob-uskunalardan
foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.
Ish o’rnini oqilona tashkil etish ortiqcha mehnat harakatlarini yo’qotishga
yordam beradi. Masalan yarimfabrikatlarni qo’yishga tagliklar ishlatilsa, gavdani
engashtirish bilan bog’liq bo’lgan harakat, asboblarni, mehnat predmetlarini aniq va
doimiy tartibda qulay joyga qo’yish asosida esa, ularni qirqish bilan bog’liq
harakatlar yo’qotiladi.
Mehnat harakatlarini to’g’ri taqsimlash asosida ham unumsiz harakatlarni
yo’qotish mumkin bo’ladi. Masalan, ko’ngilli kishilarda o’ng qo’l odatda kuchliroq
va chaqqonroq bo’ladi. Shuning uchun uzilgan iplarni ulash mokini almashtirib, ipni
ignaga o’tkazish o’ng qo’lda amalga oshiriladi. Yigiruv mashinalarida esa yigiruvchi
yigiruv mashinasi urchuqini chap qo’li bilan to’xtatib, o’ng qo’li barmoqlari bilan ip
uchini topadi, uni ip o’tkazgich va yugurdak ichiga kiritadi, keyin ipni ulaydi. Shu
bilan unumsiz harakatlar qilishga imkon bermaydi.
Mehnat harakatlarining parallelligini ta’minlash. Bunda mehnat harakatlari
tananing bir qancha organlari tomonidan bir vaqtda bajariladi.


56
Tikuvchi esa bir vaqtning o’zida kiyim detallarini o’ng va chap qo’llari bilan
tekislab, oyog’ini tizzasi bilan maxsus richagni itarib, mashina tepkisini ko’taradi.
Mehnat harakatlarini parallel bajarilishi bir tomondan ishchining mahoratiga,
ko’nikmasiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan esa maxsus moslama, qurollardan
foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnat harakatining bajarilish masofasini qisqartirish - mehnat predmetlarini
ish o’rinlarida oqilona joylashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bunga ishchining
harakat qilishida tana organlarini qisqa masofada harakat qilishi tushuniladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ish o’rinlarini rejalashtirishda mehnat harakatlarining
og’ir yoki zerikarli bo’lmasligini hisobga olish, mehnat predmetlarini normal ish
zonasida joylashtirishda harakat qilish kerak.
Mehnat harakatlarining bajarilishi tezligini oshirish ishchi mahoratining
oshishiga bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish hisobiga ham bog’liqdir.
Tikuv mashinalarida maxsus moslamalar, ipni uzish, ortiqcha gaplarni qirqish,
yo’naltiruvchi chizg’ichlardan foydalanish hisobiga mehnat harakatlarini bajarilish
tezligi oshiriladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin