S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Yumshoq tikanli ayiqtovon - Ranunculus muricatus



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Yumshoq tikanli ayiqtovon - Ranunculus muricatus 
L.
Dorivorlik xususiyati:
Poya va bargi o‘smalar va so‘gallarni davolashda 
qo‘llaniladi. 
Tur. O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB.
Ko‘p yillik 
o‘simlik. Poyasi ko‘p gulli, 20-35 sm, tepasida shoxlangan, quyuq oq tuklari 
pastga egilgan. Ildiz oldi barglari bandli, plastinkasi tuxumsimon, asosi ponasimon 
yoki yumaloq, o‘rtasigacha yoki undan chuqurroq uchta keng rombsimon yoki 
uzunchoq rombsimon bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘laklari parraksimon qirqilgan yoki 
yumaloq tishchali. Poya barglari ancha ingichka, parraksimon va tishchali uchta 
bo‘lakka bo‘lingan, poya tepasidagilari esa tekis qirrali uchta bo‘lakka bo‘lingan. 
Guli 2-3 sm enlilikda. Kosachabarglari sarg‘ish-yashil, pastga egilgan, tukli, 6-8 
mm uzunlikda. Tojbarglari cho‘ziq ellipssimon yoki cho‘ziq teskari tuxumsimon, 
9-15 mm uzunlikda. Meva kallagi zich, uzunchoq yoki silindrsimon. Mevasi 
gulo‘rniga zich o‘sib ketgan, 3-3,5 mm uzunlikda, tuxumsimon, yon tomonlarida 
kichik bo‘rtmachali va ko‘pincha, siyrak tukli, tepasida to‘g‘ri, o‘tkirlashgan 
tumshuqchasi bor. Aprel-may oylarida gullab, mevasi yetiladi. Ariq bo‘ylari, yo‘l 
yoqalari, ekinzorlar atrofida, bog‘larda, daryo havzalarida, tekisliklar va tog‘ oldi 
zonalarida o‘sadi. Dengiz sathidan 400-500 m gacha balandlikka ko‘tariladi. 
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Rossiya, Ukraina, Moldova, Kavkaz, Markaziy 
Evropa, Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Eronda. 
Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: protoanemonin. Yer ustki organlarida γ- 
laktonlar: 0,24 % protoanemonin mavjud. 
Dorivorlik xususiyati:
Barglarida ham karotin, C vitamini, alkaloidlar, saponinlar 
kabi moddalar topilgan. Mevalar tarkibida yog‘li moy mavjud. Xalq tabobatida
tez-tez kichik dozalarda qo‘llaniladi, ko‘pincha gulidan turli xil teri kasalliklarida 
ishlatilgan. O‘simlik qaynatmasi terining sil kasalligi, bosh og‘rig‘i va nevralogik 
og‘riqlar, podagra va revmatizm kasalliklari uchun ham qo‘llaniladi. O‘simlik 


37 
gulini ko‘proq miqdorda iste’mol qilsangiz odam bir zumda zaharlanib, deyarli 
omon qololmaydi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin