113
Tur. Oshlovchi totim (Сумах дубильный) -
Rhus coriaria L.
Totim
pistadoshlar -
Anacardiaceae
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 1-3 m bo‘ladigan buta
yoki kichik daraxt. Totim yovvoyi holda O‘zbckistonning janubida To‘polang va
Sangardak daryolari havzasida o‘sadi.
Barglari toqpatsimon murakkab, 4-8 juft
cho‘ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, yirik arrasimon qirrali barglardan tashkil
topgan bo‘lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘mashgan. Bir
jinsli, mayda, ko‘rimsiz, besh bo‘lakli, yashil-oq
rangli gullari ayrim-ayrim
(changchi va urug‘chi) holda ro‘vaksimon gulto‘plamiga joylashgan. Mevasi - qizil
rangli, sharsimon yoki buyraksimon, mayda, quruq, danakli meva. Totim iyun -
iyul
oylarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda yetiladi. Totim Kavkaz, Qrim,
Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning quruq, toshloq va ohakli tog‘
qiyaliklarida, dengiz sathidan 900-1700 m balandliklardagi tog‘ qiyaliklarida,
ba’zan o ‘rmonlarda va o‘rmon chekkalarida o‘sadi.
Totimning bargi xalq
tabobatida ishlatiladi. O‘simlik gullashi oldidan to mevalari pishgunga qadar
barglari yig‘iladi va ochiq havoda quritiladi. So‘ngra tanin olish uchun
farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Totim bargi tarkibida 25-33%
oshlovchi
moddalar (10-20,9% tanin), 4,8% gacha gallat kislotasi, flavonoidlar (avikulyarin,
astragalin, miritsitrin), efir moyi, 112 mg% S vitamini, bo‘yoq va boshqa moddalar
bor. Totim bargi tanin olish manbasi hisoblanadi. Tanin burishtiruvchi,
antiseptik
va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning preparatlari (tanalbin
va tansal tabletka holidA. me’da-ichak kasalliklarini (me’da-ichak katari, enterit,
kolit, ich ketish) davolashda ishlatiladi. Tanin og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning
yallig‘lanishidachayish (1-2% li eritmasi) yoki shilliq qavatlarga sinlish (taninning
5-10% li erilmasi), kuyganni, turli yaralarni davolashda hamda ichak
yallig‘lanishida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: