Vodorod hozirgi ko‘mir, neft va tabiiy gazning o‘rnini bosa olishi mumkin. Turli prognozlarga ko‘ra, bu 2040 yildan yuz bera boshlaydi.
O‘zgaruvchan qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga olinuvchi energiyaning katta miqdordagi ortiqchasi hisobiga vodorod olish, uni bir muncha vaqt saqlash va energiya taqchilligi sharoitida kompensatsiya
sifatida foydalanish mumkin [10].
Bugungi kunga kelib, laboratoriya sharoitida mamlakatimizda istiqbolli texnologik sxema va kompleks qurilma ishlab chiqilgan bo‘lib, unda vodorodni olish bo‘yicha tajriba ishlari olib borilmoqda. Qurilma bir necha alohida mustaqil texnologik uzellar, xususan, fotoo‘zgartirgich, suv elektrolizi va boshqalardan iborat. Tajriba ishlarini
o‘tkazishda asosiy e’tibor elektroliz jarayoniga qaratiladi. Quritish va tozalashdan so‘ng olingan vodorod tozalik darajasi bo‘yicha tahlil qilindi va boshqa uslublar bilan olinganidan ijobiy tarzda farq qiladigan deyarli toza vodorodga erishilgani
aniqlandi [11].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi «Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5047-son Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5063-son Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyuldagi «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi PF-6198-son Farmoni.
Bugungi kunda energetika resurslariga bo‘lgan talabning tarkibi o‘zgarib bormoqda, xususan, uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish davrida vodorod energetikasini rivojlantirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, soha holatini tahlil qilish iqlim o‘zgarishi sharoitida respublikada samarali, resurs tejaydigan va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, jadal sanoatlashtirish va aholi sonining o‘sishi iqtisodiyotning energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshiradi hamda atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirni oshiradi.
Respublikaning energetik xavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5063-son Qaroriga asosan Energetika vazirligi huzurida (Fanlar akademiyasining «Xalqaro quyosh energiyasi instituti» MChJ negizida) Qayta tiklanuvchi
energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6198-son Farmoni 1-ilovasining 15-bandiga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti rahbarligi ostida "Vodorod olish uchun mo‘ljallangan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmaning tajriba namunasini yaratish" loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.