S12-20 Bajardi: Aliyeva Pokiza Vodorod olishning sanoat usullari


Vodorod energetikasini rivojlantirishning jahon tendensiyasi va xorijiy tajribasi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə4/10
tarix16.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aliyeva Pokiza-12

Vodorod energetikasini rivojlantirishning jahon tendensiyasi va xorijiy tajribasi


Kanada dunyoda birinchi bo‘lib vodorodni shahar transport avtoparkiga integratsiyalashtirdi. “Ballard” Kanada kompaniyasi 1995 yildayoq Vankuver shahriga avtobuslarning birinchi yacheykalarini yyetkazib berdi. Chorak asr mobaynida texnologiyalar ishlab chiqildi va transport soz holatda xizmat qilmoqda. 2005
yildan boshlab shunga o‘xshash tamoyil Niderlandiya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Islandiyada faol tarzda qo‘llaniladi. Misol uchun, bu yil Syurix shahrida vodorodda ishlaydigan mavjud bo‘lgan 150-160 donaga qo‘shimcha ravishda 130 dona Hyundai avtobuslarini sotib oldi. Avstraliya va Xitoyda ham shahar transportini vodorodlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.
2019 yilda Gannover avtosalonida Audi, BMW, Daimler, Ford, GM, Mercedes-Benz kompaniyalarni qo‘shgan holda barcha yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining vodoroddan quvvatlanadigan modellarini taqdim etishdi.
Yengil elektr avtomobillar siqilgan vodorod va YoEdan tashqari sovuq start va yuqori yuklamalar hamda tezlashtirishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tizimda bufer akkumulyator batareyasiga ega. Seriyaviy modellarning chiqish quvvati – 70-130 kVt, maksimal tezligi – 160 km/soat (dasturiy nazorat tizimi bilan chegaralangan), vodorodning sarfi – 0,76 -1 kg H2 / 100 km, bosim ostidagi vodorod – 700 bar, masofa bosib o‘tish uzoqligi –385-750 km.
HondaClarity seriyaviy avtomobili 2019 yilda bir marotaba to‘ldirishda 750 km maksimal masofa bosib o‘tishga ega. 2019 yilning martida Xitoyda 1000 km masofa bosib o‘tish uzoqligi va vodoroddagi YoE, kapalak ko‘rinishidagi eshiklar bilan Maserati modeliga tashqi tomondan o‘xshash ulkan Grove konsept-kar taqdim etilgan edi.

Vodorod energetikasini rivojlantirishning jahon tendensiyasi va xorijiy tajribasi


Bir qator mamlakatlar 2030 yilga kelib 1 mln. donagacha vodorod elektrmobillarining parkini yaratish niyatini bildirmoqdalar - jami bu rejalar 4,6 mln. donadan iborat ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda. Shu yildan boshlab Quyi Saksoniya (Germaniya) yeridagi Bukstexude – Kuksxafen marshruti bo‘yicha "CoradiaiLint" vodorod yoqilg‘isi bilan dastlabki ikkita poezd qatnay boshlaydi. Ishlab chiquvchi "Alstom" kompaniyasi faqat ushbu hudud uchun 2021 yilda 14ta bunday poezdlarni yyetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Yevropa Ittifoqi o‘z navbatida 2020 yilga qadar iste’molchidan 20 daqiqa masofa bosib o‘tishda va 2030 yilga qadar – 10 daqiqa masofa bosib o‘tishda VAYoQS qurilishini ko‘zda tutuvchi "Vodorod yo‘lagi" (H2 live) dasturini tasdiqladi. 2018 yilning may oyi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya allaqachon 180 dona VAYoQSni joriy etdi va 2023 yilda ularning soni 500 donadan oshadi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin