S12-20 Bajardi: Aliyeva Pokiza Vodorod olishning sanoat usullari


O‘zbekistonda vodorod tarmog‘ining holati



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə9/10
tarix16.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aliyeva Pokiza-12

O‘zbekistonda vodorod tarmog‘ining holati


Ushbu loyihaning maqsadi Quyoshning nurli oqimi energiyasidan foydalangan holda suv elektrolizi bilan energiya tashuvchi sifatida vodorodni olish uchun qurilma tajriba namunasini ishlab chiqish hisoblanadi.
Loyiha yakunlanishi bo‘yicha Materialshunoslik institutida vodorod, kislorod ishlab chiqarish, shuningdek, institut hududini 10 kVt quvvatga ega avtonom foto elektrik stansiyadan yoritish uchun qurilmani joriy etish rejalashtirilmoqda. Qurilmaning samaradorligi quyosh energiyasidan foydalanib suv elektrolizi bilan stendda
vodorod va kislorod olish mumkinligidan iborat, shuningdek ortiqcha elektr energiyasidan institut ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda "Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazi" tashkil etildi. Markaz ilmiy va oliy o‘quv yurtlarining tarmoqni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini birlashtiradi, tadqiqotlar uchun poligonni yaratadi, xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish va doktorantlar, talabalar va magistrlar uchun o‘quv bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyuldagi «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4779-son Qarori bilan O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi va Fanlar Akademiyasi tomonidan vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan, u o‘z ichiga quyidagi 3 ta amalga oshirish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi:
1. Vodorod yoqilg‘isidan foydalanish istiqbollari, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga
taklif kiritish.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin