S12-20 Bajardi: Aliyeva Pokiza Vodorod olishning sanoat usullari


Vodorod energetikasi va ishlab chiqarish texnologiyalari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə7/10
tarix16.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aliyeva Pokiza-12

Vodorod energetikasi va ishlab chiqarish texnologiyalari


Ekologik toza vodorodni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik zavod qurilishi
– yana bir keng ko‘lamli loyiha hisoblanadi. Saudiya Arabistoni "AirProducts&Chemicals" amerikaning gaz konserni bilan birgalikda ushbu loyihani 2025 yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Zavod faqat quyosh va shamol energiyasida ishlaydi va kuniga 650 tonna vodorod yyetkazib beradi.
Chili "HyExproject" loyihasini amalga oshirdi, uning doirasida mamlakatda birinchi quyosh fermasi qurildi, uning vazifasi elektroliz jarayonida yiliga 24 000 tonna vodorod ishlab chiqarishdan iborat. Ushbu loyiha mamlakatda "yashil" energetikani rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakat yaqin 10 yil ichida 4 GVt quvvatga ega sof vodorod elektr lizyorlarni ishlab chiqarishga sezilarli darajada investitsiya kiritish niyatida. Ushbu elektr lizyorlar – yashil vodorod ishlab chiqarishning asosiy usuli – suvni gazsimon vodorod va gazsimon kislorodga ajratish uchun elektr energiyasidan foydalanadi. Yoqilg‘i elementida vodorod yonganda kislorod bilan to‘yinadi va yana suvga aylanadi [6].

O‘zbekistonda vodorod tarmog‘ining holati


Hozirgi kunda mamlakat yoqilg‘i-energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi bir foizdan oshmaydi. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati 51 milliard tonnaga yaqin neft ekvivalenti, texnik salohiyati – 179 00,0 million tonnadan ortiq neft ekvivalentini tashkil etadi [7].
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan birlamchi energiya resurslari tarkibida gaz yoqilg‘isi 92%, mazut va ko‘mir – taxminan teng ulushlarni tashkil qiladi. Ko‘mir sanoati korxonalarida 3,6 mln. tonnagacha ko‘mir qazib olinadi, yer osti gazlashtirish yo‘li bilan 222 mln.m3 gaz qazib olinadi. [8] (1-rasm)
4% 4%
Природный газ
Уголь
Мазут
92%
Tabiiy gaz Ko’mir Mazut
1-rasm. Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i iste’molining tuzilmasi
Manba:
O‘zbekiston 2017 yilning aprel oyida iqlim bo‘yicha BMTning Parij bitimiga qo‘shildi va atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Shu munosabat bilan davlatimizning Milliy siyosatida muqobil energiya manbalarini joriy etish, aynan esa vodoroddan ekologik toza yoqilg‘i va yoqilg‘i elementlari sifatida foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin