Ushbu chora-tadbirlar energiya samaradorligini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etish, mavjud resurslar va ishga solinmagan salohiyatni jalb qilish orqali iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarning energiya sarfini tubdan kamaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yoqilg‘i va energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan «yashil vodorod»ni ishlab chiqish imkoniyatini o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.
Vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish uchun Global ekologiya jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilishni belgilab berdi.