Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


-BOB. ELEKTRON TIJORATDA BANK-MOLIYA HIZMATLARNI RAQAMLASHTIRISH



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə142/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

10-BOB. ELEKTRON TIJORATDA BANK-MOLIYA HIZMATLARNI RAQAMLASHTIRISH
10.1. Moliyaviy hizmatlarni (Fintech) raqamlashtirish jarayonini amalga oshirish Fintex moliyaviy texnologiyalar so’zining qisqartmasidan iborat. Ushbu tarmoq to’lovlar, kreditlash va investitsiyalash kontseptsiyalarini zamonaviy raqamli elektron texnologiyalarga mos ravishda o’zgartirish maqsadida yaratilgan. Bular ichida eng perspektiv vat ex rivojlanayotgan yo’nalish to’lovlar va pul jo’natmalari tarmog’i hisoblanadi. Kopchilikka TransferWize (mobil pul o’tkazmalari), Square (mobil to’lovlar), kraudfonding (Kickstarter, Crowdcube, Smart Angels va boshqalar), kreditlash tizimlari (LendingClub, Zopa, Pret d’Union) kabi nomlar va tushunchalar juda yaxshi tanish. U’quvchilarimizdan ba’zi birlari esa bunday tizimlardan faol ravishda foydalanadilar ham. Bunday texnologiyalar moliyaviy taxnologiyalar bo’yicha eng rivojlangan davlatlarda – Britaniya, AQSH, Frantsiya, Gonkong, Singapur ishlab chiqishgan va rivojlantirishmoqda. Bunday texnologiyalarning rivojlanishi an’anaviy moliyaviy texnologiyalarning krizisidan va unga bo’lgan ishonchning yo’qolishi tufayli paydo bo’ldi. Shu tufayli yangi va juda arzon xizmatlar taklif etadigan fintex-provayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar platformalari orqali amalga qulay usulda oshirila boshlandi. Bunday zamonaviy moliyaviy texnologiyalar oddiy interfeysli texnologik servislar taklif qilgan xolda ommaning ishonchini qozondilar. Banklarga bo’lgan ishonchga putur yetishi sharoitida moliyaviy staraplar past narxlardagi shaffof xizmatlar taklif qilish vositasida aholi ishonchiga sazovor bo’ldilar. Moliyaviy texnologiyar – fintex ning mohiyatini
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “o’zimboshqaraman”. Masalan, startaplar tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bunda foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi, vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi. Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyadir. Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan WorldRemit va Remitlyservislari juda ommabop bo;lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million investitsiyalar yig’a oldilar. Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar. Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar. Kredit olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (vositachilardan voz kechich)asosida ishlaydi. Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi. Bu yo’nalish bo’yicha eng katta muvaffaqiyatlarga erishga kompaniyalardan biri bo’lgan Lending Club IPO2014 da salkam $900 million yig’a olgan. Fintex investitsion imkoniyatlarni kraudfonding mexanizmi yordamida ancha kengaytirshi mumkin. Bular jumlasiga Kickstarter, Indiegogo, Crowdcube kompaniyalarini misol qilib keltira olamiz. Robot-maslahatchilar ham investitsiyalar olamida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldilar. Kearney konsalting kompaniyasi hisobotiga ko’ra 2020 yilga kelib, Roboinvestorlar AQSH investitsion aktivlarining 5,6% ni tashkil qiladilar yoki $2 trilloin jalb qila oladilar.Moliyaviy masalalar bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Djon Chaplinning aytishicha, yaqin ikki yillarda fintex ishlanmalar bo’yicha eng ilg’or hududlarga Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari kirishi kutilayapti. Bu esa an’anaviy moliyaviy infratuzilmalar va qotib qolgan qo’pol bank tizimlari ularda yo’q bo’lgani uchun, rivojlanayotgan mamlakatlarga yangi moliyaviy texnologiyalarni qo’llagan xolda o’z muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishlariga va tez sur’atlar bilan

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin