Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə144/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
beradi. Mobil to’lov tizimlarining rivojlanishi bilan bunday soatlarning funktsional imkoniyatlari ham tobora osha boradi. Yana bir Spendific deb nomlangan mibil ilova foydalanuvchining bank hisob raqamiga ulanib, barcha sarf-harajatlarni analiz qiladi va shundan so’ng, qancha pulni sarf qilish mumkinligini chamalab beradi. Ilova real vaqt rejimida to’lovlarni hisobga olgan holda yangilanib turadi. MoneyHub deb nomlangan ilova esa yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan holda, uy yoki mashina sotib olish uchun pul yig’ish yoki pensiya jamg’armasi qilish kabi uzoq muddati rejalashtirish amallarini ham bajara oladi. Dastur turli hildagi stsenariylarni hisobab chiqadi va ular foydalanuvchining moliyaviy holatida qanday ta’siq qilishini tahlil qiladi. Ko’pchilik fintex-provayderlar hozirgi kunda internetni o’z servislarini rivojlantirish uchun maqsadli platforma sifatida ishlatadilar. Zamonaviy iste’molchilarni smart soatlar, eng ilg’or moliyaviy texnologiyalar va mobil to’lovlarning kengaytirilgan imkoniyatlari o’ziga jalb qiladi. Uzoq muddat davomida ko’pchilik tomonidan tan olinmaganiga qaramay, kriptovlyutalar ham asta-sekin kelajak valyutasi sifatida bir qancha mamlakatlarda tan olinayapti. Masalan, Evrova, AQSH, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarda bitkoin barter operatsiyalarida faol qo’llanilaypti. Ammo uning yanada rivojlanishiga administrativ-xuquqiy bazaning yo’qligi va bir qancha administrativ to’siqlar borligi imkon bermayapti. Nazariy jihatda bitkoin yoki qandaydir boshqa kriptovalyuta universal valyuta bo’lib qolishi mumkin, ammo ko\pchilik davlatlarning ichki qoidalari va siyosati hozircha bunga yo’l bermayapti. Yana bir moliyaviy texnologiya turi kriptovalyutalarning asosi bo’lgan blokcheyn deb nomlanadi. Bu bilan bog’liq masalalar risolamizning alohida bo’limlarida batafsil ko’rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, biz bank sektorining keng ko’lamli raqamli transformatsiyasi davrida yashayapmiz. Ehtimol, yaqin o’n yillarda bank tizimi oxirgi yuz yillardagiga nisbatan kattaroq miqyosda o’zgarishi mumkin. Moliyaviy texnologiyalar (Fintex) rivojlanishining asosiy yo’nalishlari Banklar doimo moliyaviy sektordagi innovatsiyalar rivojlanishini ta’minlab berganlar. Masalan, ХХ asrning 2-yarmi oxirida hayotimizga yangi texnologiyalar – internet, kredit kartalar, bankomatlar, elektron kioskalar, internetdagi almashinuv
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
punktlari kirib keldi va ular hayotimizni ancha o’zgartirib yubordi. Xozirgi paytda esa moliyaviy mablag’larni osonlik bilan boshqarish vositalari – smatfonlar, ijtimoiy saytlar, katta ma’lumotlar (big data), bulutli texnologiyalar (cloud technologies) ham hayotimizda o’z o’rnini topdi. Endi moliyaviy innovatsiyalarning rivojlanishi faqatgina banklargagina bog’liq emas, unda yangi o‘yinchilar paydo bo’lib, ular moliya dunyosini tubdan o’zgatirib yuborishlari mumkin. Umuman aytganda, moliya olamida innovatsiyalar doimiy ravishda ro’y berib turga. Misol sifatida masofaviy simsiz texnologiyalar, elektron hamyonlar, elektron imzo, kriptopullar va blokcheynni keltirishimiz mumkin. Ammo bunda endi innovator sifatida banklar emas, balki an’anaviy banklardagi bir qator kamchiliklarni sezib qolgan eski bank xodimlari rahbarlik qiladigan kichik fintex kompaniyalar ish yuritadilar. Bunda ko’pincha API(amaliy uintesrfeysi) degan tushuncha ishlatiladi.API bu biror bir ilova yoki tizim tomonidan uni samarador ishlatish uchun taqdim etiladigan tayyor uskunalar to’plamidir. API texnologiyasi banklarga va boshqa moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarga o’z faoliyatlari doirasida innovatsion moliyaviy hizmatlardan foydalanishga imkon beradi. Bu jarayon konstruktorni eslatib yuboradi – foydalanuvchi bir qancha dasturiy bloklarga ega va u ularni istalgan ketma-ketlikda joylashtira oladi. Bunday konstruktor asosida IT-kompaniya rahbari kerakli bo’lgan biznes doirasida yangi moliyaviy IT-hizmatlarni yaratishi mumkin bo’ladi. Haqiqatan ham nega loyihani noldan boshlash kerak, agarda huddi shu loyihani API-komponentlar yordamida amalga oshirish mumkin bo’lsa. Masalan, banklar va to’lov tizimlari CurrencyCloud texnologiyasining funktsionallik xossasidan foydalangan xolda halqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidan juda ham mamnunlar. Pingit (Barclays bankining mahsuloti) to’lov servisi yaratishning tarixi ham API ni ishlatishning saradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin. Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin