Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida Apple va Google ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z API-interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznes-modellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun poydevor rolini o’ynagan PayPalto’lov tizimini keltirish mumkin. Halqaro to’lovlar, kreditlash va bank depozitlari sohasidagi bunday kompaniyalar sifatida Kickstarter va Seedr (kraudfunding bo’yicha mashxur kompaniyalar), Amigo (individual zayomlar yetkasizb beruvchi kompaniya) va Transferwise (butun jahon bo’yicha tejamli pul o’tkazmalari tizimi) larni keltirishimiz mumkin. Bir-birlaridan katta farq qilishlariga qaramay, banklar va fintex kompaniyalar xamkorlik natijasida bir-birlarini boyitishlari ham mumkin, chunki fintex va banklar bir mexanizmning turli xil detallaridir. Ularning ba‘zilari moliyaviy uskunalar ishlab chiqsalar, boshqalari ushbu moliyaviy uskunalarni unikal yechimlar topish uchun ishlata oladilar. APIlarning imkoniyatlari banklarga halqaro darajada hizmat ko’rsatish turlari va usullarini kengaytirishga, yangi modellarni ishlab chiqarish narxini kamaytirishga va investitsiya qilmasdan hamda yangi arxitekturani yaratish uchun pul sarflamasdan turib, sof foyda olishga imkon beradi. Fintexning yaratilishi moliyaviy ma’lumotlarga ochiqlik hossasini berish inovatsion g’oyasini amalga oshirishga imkon berdi. Britaniy hukumati huddi shu g’oyani tadbiq qilgan holda mamlakatni jahon moliyaviy texnologiyalari markaziga aylantirmoqchi. Shuning uchun ham ular bank tashkilotlari uchun
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva yagona va ochiq API-standartni ishlab chiqish rejasini tuzganlar va hozirgi davrda bunday standart vositasidagi ochiq bankingning foydalanuvchilar uchun foydalilik darajasini aniqlashga hamda uni optimallashtirishga harakat qilmoqdalar. Britaniya davlati bank va to’lov tizimlari sohasidagi yangi startaplarning kuch-g’ayrati XI asrda moliyaviy tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shishiga ishonadi. Har qanday fintex kompaniya tashkil qilayotganda o’sha joydagi qonunlar bilan yaxshi tanishib chiqish talab qilinadi, chunki tarmoq bo’yicha mavjud normativ-huquqiy bazani bilmasdan turib, biror bir ishga qo’l urish juda havflidir. Masalan, agar misol sifatida AQSH ning Kaliforniya shtatining San-Frantsisko shaxrida joylashgan LendingClubkompaniyasini olsak, uning faoliyatini boshqarish piramidani eslatadi: uning eng pastida investorlar va kreditorlar bozori turadi, undan yuqorida bir qancha nazorat qiluvchi organlar uning faoliyatini tekshirib turadilar (mahalliy boshqaruv organlar, federal boshqaruv organlari, NASAA assotsiatsiyasi va undan so’ng birjalar va qimnatli qog’ozlar bo’yicha komissiya – SEC nazoratni amalga oshiradi. Evrova yoki Osiyo kreditlash bozorlari bilan ishlash uchun ular halqaro ofislar ochishlari va mahalliy qonunlarni hisobga olgan holda ish olib borishlari lozim bo’ladi. Evrovada ham Evropa Ittifoqining 27 davlati orasida konunlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Yagona Nazorat Mexanizmi (SSM) mavjud bo’lib, har bir mamlakatda ham banklar va moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarning faoliyatlarini nazorat qilib turadigan milliy tashkilot mavjud. O’z biznesini boshqa mamlakatlarda kengaytirmoqchi bo;lgan tadbirkorlar ushbu milliy tashkilotlar bilan birgalikda ishlashlari lozim. Osiyoda esa bank va moliya tashkilotlari uchun yagona reglament yo’q bo’lib, har bir mamlakat bunday masalalarni o’z qonunchiligi doirasida hal qiladi. Agarda kompaniya global miqyosda to’lovlar amalga oshirish bilan shug’ullansa, ularda qo’shimcha normativ hujjatlar paketi talab qilinadi. Korruptsiyaga qarshi siyosat doirasida P2P, P2B va B2B to’lov maydonchalari faoliyati jahonnong barcha mamlakatlarida qattiq nazorat qilinadi. Pullarni yuvish bo’yicha moliyaviy choralar ko’rish halqaro tashkiloti (FATF) jinoyat yo’li bilan olingan daromadlarni legalizatsiya qilishga qarshi jahon standartlarini ishlab chiqqan. Bu tashkilot