Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə143/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
rivojlanishlariga imkon yaratadi. Mamlakatimiz bunday imkoniyatdan foydalana oladimi yoki yo’qmi – bu oliy boshqaruv organlarining irodasida bog’liqdir. Rivojlangan mamlakatlarda fintex ishlanmalar eng avvalo onlayn servislarni rivojlantirishga qaratilgan, rivojlanayotgan davlarlarda esa bunday startaplar mobil telefonlarning keng bozoriga yo’naltirilgan. Telekommunikatsiyalar xalqaro ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, dunyo aholisining 95,5% qismi mobil telefonlardan foydalanadilar – bu ma’noda mobil servislarning internetdan ko’ra samaradorroqligi ma’lum bo’ladi. M-Pesa deb nomlangan mobil pul o’tkazmalari servisi bank tashkilotlari yetishmasligi sharoitida Keniya va Bangladeshdagi iqtisodiy holatni o’zgartirishga ta’sir qildi. Bangladeshda mikromoliyalashtirish (garovsiz kam miqdordagi kredit berish) tarmog’i yaxshi rivojlangani tufayli bKash servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o’tkazishga imkon beradi. Fintexning Afrika qit’asidagi holati tahlil qilinganuda undagi 16 davlatda mobil pul hisob raqamlarining bank xisob raqamlaridan ko’ra ancha ko’pligi ma’lum bo’ldi. Demak, rivojlangan mamlakatlardagi fintex-kompaniyalar nafaqat moliyaviy hizmatlar qulay bo’lishiga intiladilar, balki ular millionlab insonlar real iqtisodiyotning afzalliklaridan foydalanishlariga imkon beradigan yangi raqamli infratuzilmalar yaratadilar. Shuning uchun ham IBM InterConnect 2015 anjumanida Citi kompaniyasining mijozlar bilan ishlash bo’yicha eksperti, raqamli marketing bo’yicha mutaxassis Xizer Koks “Insonlarga banklar emas, balki banking kerakligini unutmang”, - deb aytdi. Bu haqda JP Morgan bankining bosh direktori Djeymi Daymon o’zining hissadorlarga bo’lgan yillik murojaatida quyidagilarni ta’kidladi: “Juda aqlli va katta pullarga ega bo’lgan yuzlab startaplar barcha an’anaviy bank tizimini o’zgartirish va yo’q qilishga qodir bo’lgan texnologiyalar yaratish ustida ishlamoqdalar”. Haqiqatan ham raqobatlashish startaplarning aspsiy xususiyatlaridir va ular bir qancha afzalliklarga ham egalar: aniqlik, texnologik nay-xaylar, kichik o’lchamli va xodimlari juda talantlidir. Huddi shuning uchun ham ko’pchili banklar raqobatlashishni emas, balki hamkorlikni afzal ko’ra boshladilar. Yuqorida aytilganlar tufayli banklarning rivojlanishida ikkita stsenariyni ko’rsatish mumkin:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Birinchi stsenariyda banklar o’z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga mag’lub boladilar. Ikkinchi stsenriyda banklar yangi texnologiyalarning juda ham muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o'z fao’iyatlarida qo’llab, yangi biznes-modellardan foydalana boshlaydilar. Bu esa jahon miqyosida moliyaviy hizmatlarning osonlashishiga, arzonlashishiga va mijozlar uchun turli-tuman qulayliklar yaratilishiga olib keladi. 2015 yilda Britaniya davlati ochiq ma’lumotlar va API (amaliy dasturlash interfeysi) ning davlat API-loyihasi dairasida ishlatilishi boshlanayotgaligini ma’lum qildi. Raqobatbardoshlilini foydalanuvchilar manfaatiga o’zgartirish va mijozlarga hizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida moliyaviy tashkilotlar orasida ochiq ma’lumotlar bilan almashinish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu Britaniya hukumati tomonidan qilingan juda muhim qadamdir, chunki endi ko’pchilik innovatsion kompaniyalar ochiq moliyaviy ma’lumotlardan foydalana oladilar. To’lov hizmatlari haqida Evrova Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan Payment Sersices Directive 2 – PSD II Direktivasi ham moliyaviy hizmatlarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Smart soatlar, valyuta almashinuv servislari, bitkoin va blokcheynlar Endi Fintexning eng muhim uskunalari bilan tanishib chiqamiz. Valyuta bozorida WeSwap deb nomlangan servis yaqin yillarda paydo bo’lganiga qaramay, u an’anaviy valyuta bozorida ham faol ishlatilina boshladi. WeSwap servisi turli mamlakatlardagi foydalanuvchlarga o’zaro muloqot qilish va an’anaviy onlayn almashtiruv puktlridan ko’ra foydaliroq kursda valyuta almashtirish uchun imkoniyat yaratadi, chunki bu tizimda hech qanday komission to’lovlar mavjud emas. Bu servis MasterCard tizimi tomonidan quvvatlanib turiladi va uning ommaviyligi exponent bo’yicha o’sishi kutilmoqda. Aqlli soatlar ham asta-sekin inson kundalik faoliyatiga kirib kelmoqda, ammo uning paydo bo’lishi bank sohasida ham inqilob ro’y berishiga olib kelishi kutilmoqda. Masalan, Apple Watch uning egasi bank xisobi balansini tekshirishga, tranzaktsiyalar tarixini kuzatishga va bankning eng yaqin filialini topishga imkon

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin