Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Reja: 1.Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə42/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Reja:
1.Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida.
2.Ijtimoiy ish fan sifatida.
3.Ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida.
4. Ijtimoiy ishni institutlashtirish.
Ijtimoiy ish bir vaqtning o‘zida ijtimoiy institut, kasbiy faoliyat turi, ijtimoiy amaliyot, nazariy bilimlar sintezi va o‘quv fani hamdir. Ijtimoiy ish nazariyasi markazida ijtimoiy xodim faoliyati turadi. U samarali bo‘lishi uchun ijtimoiy xodim insoniyat muammolarini yaxshi bilishi, ularni hal etish usullariga ega bo‘lishi lozim. Ijtimoiy xodim ijtimoiy ish nazariyasi asoslarini egallab, uning predmeti va ob’ekti, prinsip va usullarini to‘g‘ri farqlay oladi. Unga shafqat, hamdardlik, javobgarlik, insoniylik, fuqarolik va ijtimoiy adolat hissi singari maxsus kasbiy va ruhiy-axloqiy sifatlar xosdir.
1.Ijimoiy faoliyat kasbiy faoliyat turi sifatida. Har qanday kasb ham inson tomonidan umumiy va maxsus tayyorgarlik, ish tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va ma’lum ko‘nikmalar kompleksini ko‘zda tutadi. «Kasb» atamasi, odatda, keng ma’noda qo‘llaniladi: ishchi kasbi, malakali duradgor, malakali tarbiyachi, shifokor kasbi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda kasb (profession) o‘rta toifa vakillarining yuqori darajadagi texnikaviy va intellektual layoqati bilan xarakterlanuvchi mashg‘uloti (occupation) sifatida ko‘rsatiladi19.
Kasbiy faoliyatning: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy va texnikaviy turlari mavjud. Ijtimoiy ish an’anaviy faoliyat turlariga kirmaydi. Ijtimoiy ish aholining turli qatlamlariga yordam ko‘rsatishga qaratilganligi uchun faoliyatning alohida turi hisoblanadi.
Ijtimoiy ish o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida uch turda: kasb, fan va o‘quv fani sifatida tavsiflanadi.
U kasb sifatida alohida shaxslar, kishilar guruhiga yordam ko‘rsatish orqali shaxsiy va jamoatchilik munosabatlarini uyg‘unlashtirisha qaratilgan. Fan sifatida shaxs, muayyan ijtimoiy guruh yoki jamoaning hayotiy faoliyatiga bevosita bog‘liq ijtimoiy jarayon va hodisalarni o‘rganadi. Ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida ko‘p darajali bo‘lib, turli ko‘rinishdagi o‘quv yurtlarida o‘qitiladi.
Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy yo‘nalishiga ko‘ra o‘xshash -shifokor, ruhshunos, pedagog va hokazo kasblardan farqli xususiyatlarga ega. O‘ziga xos asosiy farqli xususiyatlaridan yana biri ijtimoiy xodim va mijoz o‘rtasidagi munosabat xarakteri hisoblanadi. Boshqa yordamchi kasb turlariga xos ob’ektiv-sub’ektiv munosabatlardan farqli ravishda, sanoatlashgan jamiyatdan keyingi ijtimoiy ishda ishonch xarakteriga ega ob’ektiv-sub’ektiv munosabatlar ustunlikka ega, ularda mijoz qaror qabul qilishdagi huquq va ustunlikni saqlab qoladi.
Ijtimoiy ishning yanada umumiy ta’rifi - shaxs, guruh yoki hamjamiyat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha kasbiy faoliyat. Buyuk Britaniya Ijtimoiy xodimlar uyushmasi ijtimoiy ishga quyidagicha ta’rif bergan: kishilar va hamjamiyatlar ta’sir etuvchi shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatli qiyinchiliklarni aniqlashda yordam ko‘rsatuvchi javobgar kasbiy faoliyat.
2002 yil iyulda Jenevadagi Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagi ta’rif qabul qilingan: ijtimoiy ish kasbi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, shaxs va guruhlarni farovonlik kafolati uchun mobillashtirish va ozod etishdagi ijtimoiy o‘zgarishlar va muammolarni hal etishda ko‘makashadi. Ijtimoiy ish, inson xulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyasini qo‘llagan holda, kishilarning atrofdagilar bilan munosabatlariga aralashadi.
Ijtimoiy ish qo‘llab-quvvatlash, himoyalash, tuzatish va reabilitatsiya vositasida bu qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Bu patronaj, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ta’lim, tartibbuzarlarni tarbiyalash va nazorat qilish faoliyati, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarning tashxisi, nazorati va reabilitatsiyasiga yo‘naltirilgan faoliyat.
Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida uch sohani qamrab oladi. Birinchidan, shaxsiy va oila darajasidagi ijtimoiy davolash (terapiya). Ikkinchidan, turli tasnifdagi guruh bilanlar ijtimoiy ish. Uchinchi, jamoat va turar joydagi ijtimoiy ish.
Individual ishning asosiy maqsadi shaxsning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, atrof-muhit darajasida mojaroli vaziyatlarni hal etish hisoblanadi. Masalan, oilada farzandning jismoniy va ruhiy rivojlanishi ota-onaning ijtimoiy-madaniy va moddiy mavqei, ularning kerakli e’tiborni qarata olish yoki olmaslik imkoniyati, mazkur oilaning yashash joyi, ta’lim resurslarining qulayligiga bog‘liq.
Ta’kidlab o‘tilgan hamma holatlarda ota-ona va farzandlar qonunchilikda belgilangan huquqlardan foydalanishlari uchun malakali yordamchilarning ko‘magi zarur. Ijtimoiy ish shaxsan e’lon qilingan huquqlarni dolzarb amalga oshiriluvchiga o‘tkazishi lozim bo‘lgan ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, mijozni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi shart bo‘lgan ijtimoiy resurs manbalariga murojaat etishda oila yoki shaxsga yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordamga muhtoj guruhlar yosh jihatidan - bolalar, yoshlar va qariyalarga tasniflanishi mumkin. Genderli, madaniy yoki shunga o‘xshash muammolar bo‘yicha esa: yolg‘iz ota-onalar, yolg‘iz ona, sobiq aroqxo‘rlar yoki narkomanlarning konfessiya guruhlari bo‘yicha boshqacha tasnif amalga oshiriladi. Ko‘pincha ijtimoiy xodimlarning uyushgan yoki jinoiy xarakterdagi - bolalar yoki o‘smirlar jinoyatchiligi, darbadarlik, uyushgan fohishalik, uyushgan yo‘nalishdagi guruhlar bilan ish borishlariga to‘g‘ri keladi.
Turar joy va jamoalarda ish yuritish ijtimoiy xodim faoliyatining muhim sohasi hisoblanadi. U Ijtimoiy xizmat lar tarmog‘ini kengaytirish, jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash, aholi zich yashaydigan joylarda qulay ijtimoiy-ruhiy iqlim yaratish, tor doiradagi turli tashabbuslar va o‘zaro yordamni tashkil etishga mo‘ljallangan. Bu sohada O‘zbekistonning o‘ziga xos jamoatchilik tashkilotlarining katta salohiyati va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy ish shaklan juda turli-tumandir. Ular orasida ko‘pgina kasb guruhlari, masalan, boshqaruv darajasidagi ijtimoiy soha xodimlari, oila bilan ishlash, farzandni boqish va tarbiyalash bo‘yicha mutaxassislarni farqlash mumkin. Keyin esa shaxs va guruh bilan ishlashning ruhiy davolash va ruhshunoslik usullariga ixtisoslashgan ijtimoiy xodimlar; Ijtimoiy xizmat lar va agentliklar, mehribonlik uylari, internatlar xodimlari; tibbiyot muassasalari tizimi, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, klinika va shifoxonalardagi ijtimoiy xodimlar; nogironlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarni aytib o‘tish mumkin. Bu ijtimoiy xoimlarning kasbiy faoliyati turlarining to‘liq ro‘yxati emas, uni yana davom ettirish mumkin.
SHu tarzda, ijtimoiy ishning mazmunini shaxslar, oila va guruhlarning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish va to‘laqonli ijtimoiy ishga to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, intellektual, ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni engish uchun yordam ko‘rsatish faoliyati sifatida belgilash mumkin. Ijtimoiy ishning mazmunini o‘ziga xos faoliyat, insonga madaniy, ijtimoiy va moddiy turmush darajasini ta’minlash, inson, oila yoki shaxslar guruhiga alohida yordam taqdim etish maqsadida davlat va nodavlat ko‘magi berish sifatida ko‘rsatish mumkin20.
Turli mamlakatlarda ijtimoiy xodimlarning bandligi sohasida turlicha yondashuvlar mavjud. Qator mamlakatlar, masalan, SHvetsiyada bu kasb ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini birlashtiruvchi sohaga taalluqli. Irlandiyada esa ijtimoiy xodimlar (social workers) sog‘liqni saqlash tizimiga kiradilar. Ular shifoxonalar, turarjoylardagi salomatlik markazlarida ishlab, kishilarga ijtimoiy-ruhiy madad beradilar. Ijtimoiy ta’minot (welfare workers) jihatidan kishilarga yordam beruvchilar ijtimoiy himoya tizimida ishlaydilar. Bundan tashqari, Irlandiyada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar (youth workers) ham mavjud.
Bunday mutaxassislar o‘zaro munosabatda bo‘lib, volonterlar va turli nodavlat tashkilotlarini hamkorlikka chorlaydilar. AQSHda ijtimoiy xodim Ijtimoiy xizmat lar bo‘limidan tashqari tibbiyot muassasalarida ishlashi ham mumkin. Uning vazifasi davolanish jarayoni hamda uyga qaytishga tayyorgarlikda mijozga etarli tibbiy va ruhiy madadni ta’minlashdan iborat. Rossiyada ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ta’minot, ta’lim (ijtimoiy pedagoglar), bandlik xizmati, harbiy xizmat sohalarida faoliyat yuritadilar. O‘zbekistondagi ijtimoiy xodimlarning bandlik chizmasi unga o‘xshashdir.
Ijtimoiy ish dasturidagi asosiy farqlardan biri moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Bu prinsip bo‘yicha dasturni ikki shakl: soliqlar hisobiga ish yurituvchi davlat dasturi va ixtiyoriy hadyaga asoslangan xususiy dasturga ajratish mumkin. Biroq ko‘pgina xususiy xizmatlar davlat subsidiyalashisiz ish yurita olmaydi. G‘arbdagi ko‘pgina xususiy agentliklar moliyalash turlari ning birlashuvi - davlat nstitutlari, xizmatlarni sotib olishdan tushgan gonorar va pullar, cherkov va boshqa qo‘yilmalar, meros, yillik rentalar, qo‘yilmalardan foizlar hisobiga faoliyat yuritadi.
Ijtimoiy dasturlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi me’yordagi hodisadir. Ijtimoiy muassasalar jamiyat madadisiz mahsuldor va samarali bo‘lmaydi. Ijtimoiy muammolar jamiyat hayotiy faoliyati natijasi bo‘lib, jamiyat ularni hal etishni ta’minlashi, xarajatlarini qoplashi lozim.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin