Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə44/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

3.Ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida. Ijtimoiy ishga o‘qitish jarayoni milliy ta’lim tizimining o‘ziga xosligini aks ettiradi, ular turli mamlakatlarda o‘zaro kuchli farqlanadi. Ijtimoiy xodimlarni o‘qitishning hamma tarkibiy qismlari bo‘yicha yagona namuna yo‘q. Biroq maxsus bilimlarsiz muayyan ijtimoiy sharoitda murakkab turmush sharoitida qolgan insonga malakali yordam ko‘rsatish qiyin degan tushuncha mavjud.
Ijtimoiy ish ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘lg‘usi mutaxassislarni nafaqat ijtimoiy jarayonlarning ilmiy tahlili uslubiyati, ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlili bilan qurollantirish, balki undan jamiyat me’yorlari, adekvat holat yoki xatti-harakatdan tashqaridagi guruh yoki alohida shaxsni ajratish imkonini ham beradi.
Ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida o‘quv maqsadlarida fan asoslarini o‘quv muassasasi mutaxassisligiga tatbiqan tizimli bayon etishni namoyon etadi. Ijtimoiy ish byicha ta’lim olayotgan talabalar ijtimoiy xodim va mijoz, muhtoj kishilar va jamiyat o‘rtasidagi vositachilik ta’minlash imkonini beruvchi turli nazariy bilim va texnologiyalarni egallaydilar.
Bu sohadagi ta’lim tizimi nazariy va amaliy qismlarning birligini aks etirishi lozim. Ta’limning asosiy maqsadi ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis tayyorlashning asosiy talablariga mos bilim olish, amaliy uquv va ko‘nikmalarni egallashdan iborat. Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis universitetda asosiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, mazkur ixtisoslik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega mutaxassis sanaladi.
G‘arb mamlakatlaridagi ijtimoiy ish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina yondashuvlarga ko‘ra, ular, masalan, konfessiyali va dunyoviy asoslarning mosligi, vasiylik va xayriya, davlat yoki xususiy xizmatlarning ustuvorligini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-madaniy an’analar va tarixiy shart-sharoitlarning o‘ziga xosligiga muvofiq tashkil etiladi. Bunday tayyorgarlik turli daraja va shakllarda (kurslar, kollejlar, universitetlar) bosqichma-bosqich, ma’lum maqsadda va layoqat sohasi yordamida amalga oshiriladi.
AQSHda ijtimoiy xodimlar 3 darajada tayyorlanadi. Ijtimoiy xodim deb ataluvchi ko‘pgina xodimlar ijtimoiy ish ixtisosligi bo‘yicha 4 yillik universitet yoki bakalavr diplomi yoki ijtimoiy ish ustasi diplomiga egadirlar. Bakalavr diplomiga ega bitiruvchi universal mutaxassis bo‘lib, keng doiradagi ijtimoiy muammolar bilan shug‘ullanadi. Usta (magistr) darajasi bakalavr dasturi bo‘yicha dastlabki universitet ta’limi, so‘ngra 2 yillik amaliy tayyorgarlik, ma’ruza va dala ishlaridan iborat.
Bundan tashqari, usta yoki magistr darajasi alohida shaxslar yoki guruhlar bilan klinik shug‘ullanish bo‘yicha chuqurlashtirilgan ixtisoslik, kichik hudud hayotini tashkil etish, ijtimoiy siyosatni shakllantirish, menejment, supervayzerlik, ya’ni ijtimoiy ish samaradorligi nazorati yoki ta’limni ko‘zda tutadi.
Doktorlik darajasi usta darajasidan so‘ng ikki yillik tayyorgarlikni talab etadi. Magistraturada ijtimoiy xodimlarga ta’lim beruvchi Kolumbiya va Vashington universitetlari bunga misoldir. Har yili O‘zbekistondan ikki talaba Social Work Fellowship dasturi bo‘yicha 4 yil davomida magistraturada o‘qiyotgani diqqatga sazovordir. Ta’lim davomida amaliy ishga asosiy e’tibor qaratiladi. O‘quv haftasining ikki kuni oliy o‘quv yurtiga, uchta to‘liq kun esa ijtimoiy agentliklardagi amaliyotga ajratiladi.
Bundan tashqari, turli ixtisosliklar bo‘yicha ilgarilovchi kurslar, shuningdek mahalliy kollejlarda texnik (yordamchi) xodimlarni tayyorlash bo‘yicha 2 yillik dastur mavjud. AQSHda ijtimoiy ish sohasidagi ta’lim uchun usqurtma (bazis)li prinsiplar quyidagilar: mijozning o‘zini-o‘zi boshqarishini hurmat qilish; har bir mijozning obro‘-e’tibori va qadriyatiga ishonish; mijozning tabiiy qobiliyatlarini tasdiqlash; mijozning alohidaligi va ajoyibligiga ishonchni qo‘llab-quvvatlash; mijozning o‘zini rivojlantirish va o‘zini-o‘zi ta’minlash (daromad, ta’lim va hokazo) uchun kurashishiga imkon beruvchi sharoitlarni himoya qilish; mijozning o‘z ijobiy intilishlarini topish va yo‘naltirish imkonini beruvchi o‘znarishlarga ko‘maklashishni tushunish; mijozni parvarish qilish uchun atrofidagilardan foydalanish.
Ijtimoiy xodim mijozni alohida muammosi (giyohvand moddalar qabul qilish, depressiya, ichkilikbozlik) bilan cheklanib qolmay, uni ustuvor madaniyat, qarashlar va atrofdagi siyosiy qadriyatlar doirasida ko‘rishi lozim22.
Dastur va kurslarning turli-tumanligi aynan shu uchun xizmat qiladi. Masalan, YAponiyada turli-tuman dasturlar mavjud: mahalliy kollejdagi 2 yillik ta’lim, kollej yoki universitetda 4 yillik mashg‘ulotlar va univkrsitetdagi 2 yillik aspirantura.
Evropada universitet modeli bilan bir qatorda hukumat, diniy, dunyoviy va siyosiy tashkilotlar homiyligidagi ijtimoiy ish o‘quv yurtlari keng tarqalgan. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislarga amaliy ta’lim berishning Evropa modeli Amerika modelidan sezilarlicha farqlanadi. Bu amaliyotdagi tarixan yuzaga kelgan an’analar va ta’lim berish bo‘yicha boy tajriba bilan izohlanadi. Ijtimoiy xodimlarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha dastlabki dasturlar avval Amsterdamda, so‘ngra Berlin va Londonda yuzaga kelgan.
Ijtimoiy ishning yuzaga kelishida cherkov, shuningdek uzoq yillar faoliyat yuritgan filantropiya jamiyatlari etakchi o‘ringa ega. Bundan tashqari, Evropada qadimiy universitetlar orqali kasbiy tayyorlash tizimi azaldan mavjud.
YAqin vaqtlargacha Evropa qit’asida ijtimoiy ish maktablari hukumat, diniy, dunyoviy va siyosiy tashkilotlar homiyligidagi xususiy o‘quv yurtlari sifatida faoliyat yuritgan. Avstriya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya va SHveysariyada bu model hozir ham keng tarqalgan. Garchi ijtimoiy ish maktablari oliy ta’lim doirasida mavjud bo‘lib, o‘qishga qabul qilishda ko‘pincha universitetlardek talab qo‘ysa-da, ularni tenglashtirib bo‘lmaydi. Ulardagi 3-4 yillik ta’lim tor doiradagi texnik, ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik sifatida ko‘rib chiqilsa, universitetlar keng miqyosli ijtimoiy ta’lim beradi.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy xodimlarni tayyorlash, jumladan, turlicha rejalashtiriladi. Ta’lim berish universitetlar, politexnikumlar va kollejlarda ilgarilovchi ta’limni ko‘zda tutadi. Zamonaviy dasturlar 4 yillik bakalavriat kurslari, yillik aspirantura, bitiruvchilar uchun 2 yillik kurslar, to‘liq universitet kursini tugatmagan shaxslar uchun 2 va 3 yillik kurslarni ko‘zda tutadi. Bitiruvchilar malaka darajasi, diplom va sertifikatga ega bo‘ladilar.
1991 yildan boshlab, Rossiyada 5-6 ta oliy o‘quv yurtiga tanlov asosida oliy va o‘rta maxsus muassasalar uchun ijtimoiy ish mutaxassisligi kiritilgan. Qisqa davr oralig‘ida ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi-hozirda Rossiyada ularning soni 70 tadan oshdi. O‘nta o‘rta maxsus o‘quv yurtida ham ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Umuman mamlakat bo‘ylab ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning bir necha darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • kurs, litsey va maktablarda kursli yoki kasbga qadar tayyorgarlik. O‘rta ma’lumotli bitiruvchilar bemor, qariya va yolg‘izlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining ijtimoiy xodimlari qatoriga qo‘shiladilar.

  • o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi ta’lim. O‘quv yurti bitiruvchilari bemor, qariya va yolg‘izlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining brigada boshliqlari va ijtimoiy pedagog sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

  • universitet, akademiya, tarmoq (pedagogika, tibbiyot) oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda (o‘qish muddati: uch yildan olti yilga qadar), fakultetlardagi ta’lim (oliy ma’lumotlilar bir yildan uch yilgacha ta’lim oladilar).

Kasbiy oliy ta’limda esa 3 bosqich farqlanadi: bakalavrlar (4 yil), mutaxassislar (5 yil) va magistrlarni (6 yil) tayyorlash. Rossiyada ijtimoiy xodim kasbiy mavqei rasmiy ta’sis etilgach, qisqa davr oralig‘ida oliy ta’lim tizimida ijtimoiy soha, shu jumladan ijtimoiy soha idoralari xodimlarini tayyorlovchi ixtisoslashtirilgan universitetlar, akademiyalar, institut va kollejlar tarmog‘i kengayishi kuzatildi.
Ta’lim jarayonida Ijtimoiy ish xalqaro uyushmasi (LASSW) muhim tashkiliy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ish ta’limi milliy dasturlarini ekspert baholash uning vazifalaridan biridir. Uyushma qoshida tashkil etilgan ijtimoiy ish maktablari xalqaro qo‘mitasi (ILSSW) Jenevada axborot markaziga ega BMT va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlik qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarning jahon tajribasi aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus va jamoatchilik tuzilmalari aholining alohida guruh va qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amal qiluvchi aniq mexanizmsiz demokratik, huquqiy davlatni shakllantirishning iloji yo‘qligidan dalolat beradi.
SHuning uchun qator mamlakatlarda ijtimoiy muammolarning faol ishlanmalari ijtimoiy ish maktablari va nazariyalari doirasida, amaliy sotsiologiya, ijtimoiy ruhshunoslik, iqtisodiy sotsiologiya, ijtimoiy muhandislik, ijtimoiy pedagogika vositasida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda Ijtimoiy ish yo‘nalishi «Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori» ga kiritilgan. Oliy malakali mutaxassislar ta’limi 2004 yilda Toshkent davlat madaniyat instituti bakalavriaturasiga «Ijtimoiy ish» yo‘nalishi kiritilgan paytdan boshlangan. 2005 yildan esa Samarqand va Farg‘ona davlat universitetlarida shu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim berila boshladi.
Davlat ta’lim standartiga muvofiq oliy ta’lim (bakalavriat) ning birinchi bosqichida har bir talaba o‘rganishi shart bo‘lgan majburiy fanlar davri belgilanadi. Ular quyidagi fanlar: ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy; matematik va tabiiy-ilmiy; umumkasbiy; maxsus.
Ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki milliy mustaqillik va demokratiya g‘oyalari, ilmiy dunyoqarash, yuksak ma’naviyat va madaniyat, demokratik, huquqiy tafakkurni shakllantiradi; insonning insonga, jamiyat va atrof-muhitga munosabatini tartibga soluvchi sog‘lom turmush tarzi, etika va huquqiy me’yorlar to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qiladi.
Matemamatik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bo‘yicha talablar matematik tahlil asoslari; sotsiologiya va ijtimoiy ishdagi jarayonlar va oddiy tizimlarning matematik modellari; dasturlashtirish texnikasi va hisoblash texnikasining imkoniyatlari; tabiatdagi inamik va statistik qonuniyatlar; ongdagi empirik va nazariy nisbat; tabiat muhofazasining ekologik prinsiplarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Umumkasbiy fanlar davriyligi bo‘yicha bakalavr quyidagilarni bilishi lozim:

  • turli-tuman ijtimoiy muhitdagi ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi;

  • faoliyatning mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribasi;

  • asosiy ruhiy vazifalar va ularning fiziologik mexanizmlari;

  • shaxsning ijtimoiylashtirish jarayonida shakllanishi omillari, ijtimoiy xatti-harakatni tartibga solishning asosiy qonuniyat va shakllari, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy guruhlar to‘g‘risida;

  • pedegogika faoliyatining usul, vosita va shakllari;

  • tarbiyaviy ishning usul va shakllari;

  • onalik va bolalik, voyaga etmaganlar, pensionerlar, nogironlarni himoya qilishni tartibga soluvchi oila, mehnat, turar joy qonunchiligi me’yorlari;

  • jinoyat va fuqarolik huquqi asoslari;

  • vasiylik, homiylik, asrab olish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi va tashkil etilishi, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari yo‘nalishlari;

  • tibbiy-ijtimoiy ish, sanitariya targ‘iboti va sog‘lom turmush tarzi tashviqoti tashkil etilishini bilish;

  • birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

Bakalavr maxsus fanlar davriyligi bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi va ijtimoiy ishning tor doiradagi yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqot usullariga ega bo‘lishi lozim.
Umuman, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgach, ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis ijtimoiy ish sohasidagi tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatga layoqatli bo‘lishi lozim.
Ijtimoiy ish nazariyasini o‘quv fani sifatida takomillashtirish va rivojlantirish – uning turmush va amaliyot bilan aloqasini mustahkamlashni anglatadi.
4. Ijtimoiy ishni institutlashtirish. Ijtimoiy ishni institutlashtirish deganda keng ma’noda jamiyatda yangi ijtimoiy institutning shakllanish jarayonini tushunish lozim. Ijtimoiy ishning institutlashtirilishi jamiyatning shakllanishi, insonparvarlik an’analarining saqlanishi, ma’naviyatning rivojlanishiga asoslanadi. Ijtimoiy ishning institutlashtirilishi demokratik rivojlanish, uni qayta qurish, jamiyatdagi munosabatlarning insonparvarlash-tirilishi, aholining ijtimoiy salomatligini tiklashning muhim komponentidir.
Ijtimoiy ishning alohida turdagi ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixiy rivojlanishi, uning ijtimoiy tuzilmasi va kichik ijtimoiy tizimlarning vazifalari o‘zgarishi bilan izohlanadi. Urug‘doshlik munosabatlari hukmronligi davrida ijtimoiy yordam marosim xarakteriga ega bo‘lgan.
An’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan urug‘ jamoasining me’yor va qadriyatlariga muvofiq ijtimoiy tartibni saqlashga yo‘naltirilgan harakatlarni talab etgan. Jamiyatning keyingi rivojida oila, alohida institutlar, jumladan, ijtimoiy ish instituti ijtimoiylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oladi23.
Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar natijasida madaniy o‘ziga xosliklarning qonuniy o‘zgaradi. Aynan shu ijtimoiy ishning noqulay moslashgan kishilarga oqilona va maqsadli yordam bilan bog‘liq kasb sifatida yuzaga kelishini izohlaydi. Mazkur faoliyat nafaqat muhtojlarning moddiy farovonligini yaxshilash, ya’ni xayriyaga, balki kishilarning ijtimoiy ishtirokini kengaytirish, ularning o‘zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashishi va faol ijtimoiylashishiga mo‘ljallangan.
SHu tarzda, zamonaviy ijtimoiy ishni umuman, madaniy jihatdan kirishimli fuqarolarning jamiyatdagi sharoitga moslashmagan kishilarni ijtimoiy ishtirokka jalb etish orqali ijtimoiylashtirishga nisbatan oqilona altruizmi sifatida tavsiflash mumkin24. Ijtimoiy ish institutini faoliyatning ikki asosiy yo‘nalishini ko‘zda tutuvchi keng miqyosli ijtimoiy-madaniy jihatdan ko‘rib chiqish zarur. Birinchi yo‘nalish jamiyatning muhtoj a’zolariga moliyaviy va moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy ta’minotga asoslangan. Ikkinchi yo‘nalish ijtimoiy madaniy yoki salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishda muhtoj kishilarga yordam berishdan iborat.
Har qanday holatda ham qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishning ijtimoiy samaradorligi ijtimoiy xodimning jamiyatdagi institutsion mavqeiga bog‘liq. U ma’lum jihatdan davlat va jamoatchilikka tegishli hamda aralash mavqe bo‘lishi mumkin. Davlatga tegishli mavqe jamiyatning yordamga muhtoj ma’lum a’zolari va davlat tomonidan ajratilayotgan resurslar ustidan markazlashgan nazorat imkoniyatini anglatadi. Muhtojlarga jamoatchilik asosida yordam ko‘rsatish tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifat nuqtai nazardan sezilarlicha hisoblanadi. Bu holatda nafaqat moliyaviy va moddiy yordam amalga oshiriladi, balki muhtojlarni ijtimoiylashtirish, moslashtirish yo‘llari izlanadi va ijtimoiy ishtirok tashkil etiladi.
SHaxsiz davlat tuzilmalari asosiy o‘ringa ega variantdan farqli o‘laroq, bu erda tor doiradagi hamjamiyatlarning yaqin oradagi marginal guruhlar ustidan nazorati amalga oshiriladi. Biroq ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash ustidan bunday nazorat ham salbiy jihatlarga ega. Jamoatchilik tashkilotlari faoliyati maqbul nazorat va maxsus rag‘batlantirishsiz doimiy davom eta olmaydi.
Hozirgi sharoitda mutaxassislarning fikricha, ijtimoiy ishning aralash tashkilot turlariga afzallik berish maqsadga muvofiqdir. Bunda hukmron tuzilmalar asosiy tashkiliy madadni o‘z zimmasiga oladi yoki bu ishda faol ishtirok etadi25.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev, yordamga muhtoj nogiron va etimlar, boquvchisini yo‘qotgan muhtojlar, yolg‘iz va qariyalarga g‘amxo‘rlik, ularga qulay turmush sharoiti yaratishda davlat va jamoatchilik tuzilmalarini hamkorlikka da’vat etganda, aynan shuni nazarda tutgan edi. Hozirda O‘zbekistondagi davlat tuzilmalari jamiyatning mavjud sharoitga moslasha olmagan a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
SHavkat Miromonovich Mirziyoevning ta’kidlashicha, har qanday diyonatli o‘ziga to‘q kishi, qo‘shnisiga qanchalik qiyin ekanini bilgani holda, ozgina yordam bilan cheklanmaydi. U muhtojlarga etarlicha moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatadi. Bu uning insoniy burchidir. Aynan shunday yondashuv bizning haqiqiy milliy qadriyatlarimizga mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarida aholiga Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini amalga oshirishning asosiy prinsiplari ifodalangan. Ular orasida Ijtimoiy xizmat sohasida inson va fuqaro huquqlariga amal qilish va ularga davlat kafolatlarini ta’minlash singari prinsiplar ko‘rsatib o‘tilgan. So‘ngra Ijtimoiy xizmat lar ko‘rsatishda fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish, Ijtimoiy xizmat larning qulayligi va manzilliligi, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlangan. Keyin esa onalik va bolalikni muhofaza qilishning muhim prinsiplari, shuningdek aholiga ijtimoiy yordam va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamoatchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash belgilangan.



  1. Ijtimoiy xizmat professional faoliyat, fan, o‘quv darsi sifatida.

  2. Sotsial xizmatning asosiy tamoyillari

  3. Sotsial xizmatning ob’ekti va predmeti

  4. Ijtimoiy xizmat sub’ekti.


Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin