Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə43/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

2.Ijtimoiy ish fan sifatida. Ijtimoiy ish nazariyasi jamiyat, inson madaniyati va ijtimoiy muammolar to‘g‘risidagi bilimlarning umumiy sohasiga taalluqli. U inson faoliyatining ijtimoiy sohasini qamrab, u to‘g‘risidagi xolisona bilimlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy ishning nazariya sifatidagi farqli jihati uning doimiy rivojlanishi hisoblanadi. YAngi fanning yuzaga kelishi va jamiyatning yangi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti bosqichida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar hamda ijtimoiy rivojlanish sohasidagi ilmiy-nazariy tadqiqotlarda jamiyat ehtiyojlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy ish asosan ijtimoiy (jamoatchilik) fan hisoblanib, texnikaviy va tabiiy fanlar bilan uzviy aloqadadir. Uning doirasi o‘tkazilgan tadqiqotlar sotsiologiya va antropologiya, tibbiyot va ruhshunoslik, falsafa va pedagogika, tabiatshunoslik va siyosatshunoslik, iqtisodiyot va dinshunoslik bilan nazariy va uslubiy munosabatda bo‘lgan holda, ko‘pincha fanlararo xarakterga ega.
Har qanday bilim tarmog‘ida bo‘lganidek, ijtimoiy ishning ham konseptual apparati-toifasi asosini tashkil etuvchi tayanch tushunchalar mavjud. Ijtimoiy ish boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq holda, keng, lekin ijti moiy faoliyat prizmasi orqali ularning toifa apparatidan foydalanadi. Bunga ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy muammo va ijtimoiy xatar, ijtimoiy ish, ijtimoiylashtirish, ijtimoiy vaziyat va ijtimoiy salomatlik, ijtimoiy-ruhiy ish, oilaviy mojaro, ijtimoiy mavqe va ijtimoiy yosh singar tushunchalar kiradi.
SHu biln birga, ijtimoiy ish o‘z toifalariga ham ega: ijtimoiy ish va ijtimoiy xodim, ijtimoiy davolash va ijtimoiy tuzatish, ijtimoiy ish mijozi, Ijtimoiy xizmat lar va Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, manzilli ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va ijtimoiy reabilitatsiya.
Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy toifalaridan biri ijtimoiy salomatlik tushunchasi bo‘lib, ijtimoiy guruhlar, sotsium, oila, shaxs uning sub’ekti hisoblanadi. Ijtimoiy salomatlik ijtimoiy mavqe, farovonlik, qulaylik va xavfsizlik me’yorlari bilan bog‘lanadi. Modomiki, ijtimoiy mavqe ruhiy, iqtisodiy, oilaviy, kasbiy va boshqa mavqe o‘lchamlarini o‘z ichiga olar ekan, u holda ijtimoiy salomatlik ham ko‘p omilli tizimga aylanadi, uning tahlili esa fanlararo xarakterga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy potologiya tushunchasi, ya’ni ijtimoiy kasalliklar: qashshoqlik, ochlik, ishsizlik, betoqatlik, zo‘ravonlik, marginallik va chegaradagi vaziyatlar ijtimoiy salomatlikning muqobili sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ish nazariyasining muhim elementi uning qonuniyatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda MDH mamalakatlarida ijtimoiy ishni fan sifatida tuzish va bayon etishning umumqabul qilingan me’yorlari xali mustahkamlanmagan, uning ilmiy apparati rivojlanish bosqichida. Biroq hozirda bu fan ijtimoiy ishdagi jarayon va hodisalarning mohiyalari o‘rtasidagi ob’ektiv shartlangan, takrorlanuvchi, mustahkam aloqalarni ifodalovchi qonuniyatlarni o‘rganadi deb aytish mumkin.
Maxsus adabiyotlarda ijtimoiy ish qonuniyatlarini uch guruga ajratish tavsiya etiladi: 1) ijtimoiy ish –kishilarning ehtiyojlari, muayyan shart-sharoit talablari hamda ularning ijtimoiy salomatligini saqlash va reabilitatsiya qilishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik munosabatlarini yangilashga muvofiq jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ta’sir etuvchi o‘ziga xos faoliyat turi; 2) shaxsning shakllanishi ijtimoiy dastur bo‘yicha yuz beradi; 3) Ijtimoiy xizmat larning shakllanishi va unlardan foydalanish manbalari jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati va jamiyatdagi ijtimoiy ishning mazmuni o‘rtasidagi munosabat qonuniyatning asosi sifatida ko‘rsatiladi. Ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat sifatida amal qilishi dalilining o‘zi ijtimoiy siyosatning aholi katta guruh va sinflaridan, murakkab hayotiy vaziyatda qolgan shaxsga yordam ko‘rsatish statlariga qayta yo‘naltirilishi bilan bog‘liq.
SHu munosabat bilan, ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy ish darajasi o‘rtasidagi munosabat qonuniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatilgan maqsadlar asosiy davlat hujjatlari, Ijtimoiy xizmat lar faoliyatida ifodalanadi, bu shunday rivojlanish yo‘nalishidan darak beradi.
Ijtimoiy ish muammolari qatoriga uning ijtimoiy siyosat, ijtimoiy jarayonlar, shuningdek shaxning adekvat rivojlanishi uchun jamiyatning javobgarligi bilan nisbatini tadqiq etish masalalari kiradi.
Ijtimoiy ishning fan sifatidagi maxsus muammolari: ijtimoiy ish tuzilmsidagi motivatsiya, deviatsiya, delikvensiya, deprivatsiya, anomiya va noodatiy rivojlanish, muammolar, omillar va xatar guruhlari, mojaro, ijtimoiy ishning yo‘nalish va konsepsiyalari, suitsid, komandadagi ish, ijtimoiy faoliyat usullari va texnologiyalarining o‘zaro ta’siri, ijtimoiy ish etikasi, ijtimoiy tuzatish, ijtimoiy davolash hisoblanadi.
Ijtimoiy ish metodologiyasi mutaxassis tomonidan ta’sir etiluvchi ob’ekt va narsani o‘rganishni ko‘zda tutadi. Unda mijozdan tashqari ijtimoiy xodim ham qatnashadi, shuningdek ijtimoiy xodim va mijoz, ijtimoiy ish tuzilmasi va tarmoqning amal qilish prinsiplarining o‘zaro ta’siri doirasidagi ijtimoiy mazmun ham ko‘zda tutiladi21.
Ijtimoiy ish metodologiyasining maqsadi ijtimoiy salomatlikni tiklash, mavqeni mustahkamlash, imkoniyat va resurslarning yuzaga kelish sharoitlarini o‘zgartirish, mijozning o‘zini-o‘zi nazorat qilish darajasi, muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatini oshirish, g‘urur va o‘zini-o‘zi hurmat qilish hissini tiklash hisoblanadi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin