Ishning ilmiy ahamiyati. Bu ishda olingan natijalar ehtimollar nazariyasining ba’zi klassik masalalarini o’rganishda foydalanish mumkin.
Ishning amaliy ahamiyati. Bu ishda jamlangan materiallardan, ehtimollar nazariyasidagi katta sonlar qonuni qo’llaniladigan amaliy masalalarda foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf iborat. Ishning oxirida xulasa va foydanilgan adabiyotlar keltirilgan.Birinchi paragrafda ehtimollar nazariyasining aksiomalari va ehtimolning xossalari keltirilgan. Ikkinchi paragrafda tasodifiy miqdorlar va ularning taqsimot funksiyalari, taqsimot turlari keltirilgan. Deskret va absalyut uzluksiz tasodifiy miqdorlar uchun alohida sonli xarakteristikalari kirilgan va xossalari isbotsiz keltirilgan. Uchunchi paragrafda tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi uchun yaqinlashish turlari ta’riflari keltirilgan. Ehtimollik bo’yicha yaqinlashish, bir ehtimol bo’yicha yaqinlashish, yaqinlashish, tasimot bo’yicha yaqinlashishlarni solishtirish haqidagi teoremalar keltirilgan. Fundamental ketma-ketlikning ta’riflari va Koshi kriteriyasi to’liq yoritilgan. Limitik teoremalar nazariyasida muhim ro’l o’ynaydigan Borel-Kantelli lemmasi isbotlangan. To’rtinchi paragrafda “ qoldiqli ” tasodifiy hodisalar uchun Kolmogorovning “ 0 yoki 1 ” qonuni keltirilgan. Shuningdek “qoldiqli” hodisalar. algebrasi elementlari va “ qoldiqli ” hodisa bo’lmaydigan tasodifiy hodisalarga misollar keltirilgan. Beshinchi paragrafda tasodifiy qatorning yaqinlashishi to’g’risidagi asosiy teoremalar keltirilgan. Bog’liq bo’lmagan tasodifiy miqdorlardan tuzilgan tasodifiy qatorlarning yaqinlashishi to’g’risidagi Kolmogorov- Xinchin, “ ikki qator ”, “ uch qator ” yaqinlashishi haqidagi teoremalar keltirilgan. Bu paragrafda tasodifiy qatorlar yaqinlashishi to’g’risidagi teoremalarning tadbig’iga doir yetarlilik shartlarning muhimligini ko’rsatadigan tasodifiy qatorlarga misollar keltirilgan.
Olingan natijalarning qisqacha mazmuni:
Kirish
I-bob. Asosiy tushunchalar 2 ta paragraf.
II-bob. Asosiy qism 3 ta paragraf.
Dostları ilə paylaş: |