Samarqand davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va Biatexnalogiyalar Universiteti zooinjeneriya fakulteti II-bosqich 204-guruh talabasi Sultonova Gulbodomning ,,Mikrabiologiya’’ ,,Hayvonlar fiziologiyasi’’ ,,Qiahloq xo’jalik hayvonlarini urchitish’’va ,,Ipakchilik asoslari’’amaliyot fanlaridan tayyorlagan taqdimoti.
,,Mikrabiologiya’’
Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim zamburugʻlar)ni oʻrganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta ko'rgan va tavsiflab bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi maʼlumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va boshqalar)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmida, asosan, fransuz olimi L. Paster ishlari taʼsirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijgʻishlarni mikroorganizmlar faoliyati bilan bogʻliqligini isbotlab berdi; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi toʻgʻrisidagi gʻoyani himoya qildi; mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorganizmlarning sof kulturasiga boʻlgan qatʼiy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bogʻliqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt davomida koʻpchilik kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari kashf etildi. L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi.