Mavzu:Urchitish (chorvachilikda) — chorva hayvonlarini genetik takomillashtirish jarayonlarini boshqarish, mavjud hayvon zotlari, tiplari, liniyalarini yaxshilash va yangilarini chiqarish toʻgʻrisidagi fan; chorvachilikda seleksiyanayelchilik ishlarining nazariy asosi (qarang Zootexniya, Zot). URCHUQ, duk — tolalardan qoʻlda yoki mashinada ip yigirish va pishitish uchun muljallangan moslama yoki qurilma; yigirishpishitish mashinalarining asosiy ish organi. Sharq mamlakatlarida qoʻl U. qadimdan qoʻllanilgan, mashina U.lari 18-asr 2yarmida paydo boʻlgan (qarang Yigirish). Qoʻl U. yogʻochdan uzunchoq, oval shaklida yasalgan moslama boʻlib, ip yigiruvchi uni qoʻlda aylantirib turgan. Shunda tolalar (paxta, jun va boshqalar) birbiriga ilashib, choʻzilib va buralib ingichka ipga aylangan. Mashina U.lari patron, shpul va gʻaltak kiydirib qoʻyiladigan murakkab geometrik shaklli poʻlat shpindel. Kalava ip, pilta va iplarni pishitish (burash) hamda maʼlum oʻlcham va shaklda oʻramlar hosil qilishga muljallangan yigirish va pishitish mashinalarida qoʻllanadi. U.ning tabiiy tolalar (paxta, jun, zigʻir va boshqalar) va kimyoviy tolalar uchun muljallangan turlari bor.
Koʻpchilik U.lar egiluvchan (tasmali) uzatma, baʼzilari vintli gʻildiraklar bilan harakatlantiriladi. Kimyoviy tolalarni yigirish uchun muljallangan U.lar elektr dvigatel bilan aylantiriladi. Gilam toʻqish, arqon eshish uchun yaraydigan yoʻgʻon iplar tayyorlashda kush buramli U.lar qoʻllanadi.
Sigirlar sut mahsuldorligini hisobga olishda amaliyotda quyidagi usullardan foydalaniladi. A) Sutni kunlik hisobga olish. Bunda sigir bir kun davomida necha marotaba (ikki yoki uch) sog‘ilsa, har bir sog‘im suti alohida o‘lchanib boriladi va ularning kunlik yig‘indisi chiqariladi. Bu usulning bir qancha qulaylik va kamchiliklari mavjud. Qulaylik tomoni har bir sigirdan bir kunda sog‘ib olingan sut miqdori har kuni o‘lchanib maxsus jurnalga qayd etiladi va sigirdan ma’lum bir vaqtda 10 kunda, 1 oyda va laktatsiya davrida sog‘ib bo`lingan sut miqdori bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘linadi. Kamchiligi insondan juda ko‘p mehnat va yozuv talab qiladi. B) Sutni nazorat sog‘im natijasiga qarab hisobga olish. Bu usulda har 10 kunlikda ya’ni har oyda uch marta nazorat kunlarida sog‘iladi. Kun davomida ikki yoki uch marotaba sog‘ilsa, unda sut miqdorlari aniqlanib, sutning kunlik yig‘indisi hisobga olinadi. 30 kunlik sog‘im miqdorini aniqlashda har 10 kunlikda o‘tkazilgan nazorat sog‘imlari (uch marotaba) ning yig‘indisi 3 ga bo‘linib chiqqan o‘rtacha miqdor raqami 30 kunga ko‘paytiriladi. (misol uchun nazorat kunlik sog‘imlari uch o‘n kunlikda –10, 11 va12 kg, 30 kunlik miqdori 11 x 30 = 330 kg. Ularning o‘rtacha miqdorining 10 + 11 + 12 = 33 : 3 = 11 kg, 30 kunlik miqdori 11 x 30 = 330 kg). 300 kunlik laktatsiya davrida sog‘ilgan sut miqdori har 30 kunda olingan sut miqdorlari yig‘indisi bilan chiqariladi. (misol uchun 3500 kg ga teng). Sutning tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdori laktatsiya boshlangandan so‘ng har oyda bir marta aniqlanib boriladi 300 kunlik laktatsiya davomida 10 marotaba (har 30 kunda bir marta) sutdan namuna olinib, yog‘ va oqsil miqdorlari aniqlanadi (ya’ni 30 kunlik sut miqdori – 330 kg shu oyda aniqlangan yog‘ miqdori – 3,8 % ga ko‘paytiriladi: 330 x 3,8 = 1254 kg 1% li sut chiqadi). Shu tariqa har 30 kunda olingan sut 1 % li sut miqdoriga o‘tkaziladi. So‘ngra 300 kun davomidagi har 30 kunda (10 marotaba) aniqlangan 1 % li sutlar miqdori jamlanadi (misol uchun ular miqdori 13000 kg, teng). Endi laktatsiya davomida olingan sutning o‘rtacha yog‘lilik miqdori topiladi. Buning uchun 1% yog‘lilikda bo‘lgan jamiki sut miqdori (13000 kg) natural yog‘lik miqdorida olingan sut miqdoriga (3500 kg) bo‘linadi (13000:3500) va 3,71% li yog‘ miqdori chiqadi. Sutning tarkibidagi o‘rtacha oqsil miqdori ham o‘rtacha yog‘ miqdorini chiqarish uslubi singari aniqlanadi. Shu tariqa sigirlarning sut mahsuldorligi (sut miqdori, yog‘lilik va oqsil me’yori) aniqlanadi.