11.2. Ekologik faoliyatni amalga oshirishda milliy parklar va qo‘riqxonalarning o‘rni O‘zbekiston hududida qirilib ketishi arafasida turgan noyob hayvonot va
nabotot dunyosini saqlash va ko‘paytirish maqsadida qo‘riqxonalar (Surxon,
Nurota, Hisor, Baday-To‘qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob)
parvarishxonalar («Jayron») ekomarkazi, Sayhun xo‘jaligi) tarkibida va atrofida
jahon talablariga javob beraoladigan milliy tabiiy bog‘larni amalga oshirish orqali
muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob’ektlarining moddiy-texnika
bazasini yaratish uchun qo‘shimcha chet el investitsiyalarini jalb qilishdan
iboratdir.
Keltirilgan jadval ma’lumotlari bilan tanishib chiqib, Respublikamizda
ekoturizm rivojlanishi kerak bo‘lgan birinchi navbatdagi ekoturizm resurslari
davlat muhofazasida ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bu holat juda to‘g‘ri qaror qilingan.
Dunyoning barcha davlatlarida ham 11.1-jadvaldagi tabiiy hududlar o‘zining
o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan qattiq qo‘riqlanadi.Shu bilan birga
ta’kidlash lozimki, juda ko‘plab davlatlarda, ayniqsa tabiatda noyob o‘simlik yoki
hayvon turlari muhofaza qilinadigan qo‘riqxonalardan ham ekologik turizm
maqsadlarida samarali foydalanishadi. Bunga misol qilib Afrika, Kanada,
Amerika, Avstraliyadagi qo‘riqxonalar, rezervatlar va milliy parklar haqidagi kino
seriallarning tobora ommaviylashib borayotganligini keltirish mumkin.
219
11.1-jadval O‘zbekiston Respublikasining davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlari № Tabiiy landshaft Muhofaza maskani Maydoni, ga Tashkil