221
Respublikamizdagi tabiat qo‘riqxonalariga faqat ilmiy
xodimlar kirishga ruxsat
beriladi. Bu qo‘riqxonalarga hatto maxsus ilmiy ekspeditsiyalar ham O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasini olishi
kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmni
rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va tadbirlar «O‘zbekistonda ekologik
turizmni
rivojlantirish
konsepsiyasi»da
mukammal
holatda
berilgan.
Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda O‘zbekistondagi salohiyati va
uning rivojlanishi e’tiborni qaratgan holda «Tabiatni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi» Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizm va
ekologik mavzudagi ekskursiyalarning rivojlanishini ta’minlaydigan quyidagi
asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi:
1.
Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi,
jahon talablariga
javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini xisobga
olgan holda, yosh mutaxassislarni ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSH,
Yaponiya, Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun o‘qishga,
ishga yuborish.
2.
Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va iqtisodiy
asoslangan katta–kichik, qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalar va
biznes
rejalar ishlab chiqib amalga oshirish (imtiyozli kredit asosida).
3.
O‘zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan
moddiy-texnik, axborot tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko‘rsatish va servis
sohasini rivojlantirish.
4.
Vatanimizning tarixiy yodgorliklari, go‘zal va
betakror tabiati, landshafti,
nobotat va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, turistik atlas va xaritalar yordamida
dunyo ekoturizm bozorida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
5.
Baday-tuqay va «Jayron» ekomarkaziga qo‘shni hududlarda Markaziy
Osiyoda qirilib ketishi xavfli bo‘lgan noyob hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish
uchun milliy bog‘lar tashkil qilish lozim.
222
6.
O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo‘nalishlar
va xaritalar tuzish kerak.
7.
Ekoturizm sohasi bilan bog‘liq tashkilotlarga ko‘proq huquqlar, imtiyozli
kreditlar berish, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab
chiqilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga ekoturistlarga nisbatan
huquqiy nazorat ishlarini yengillashtirish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Vatanimizning ekoturizmning taraqqiyot salohiyati
nihoyatda katta va uni
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu
salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz
amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: