To'g'ri to'rtburchakning o'ziga xos xossasini ko'rib chiqamiz.
Teorema:
To'g'ri to'rtburchakning diagonallari o'zaro teng.
Isbot. ABCD to'g'ri to'rtburchak berilgan bo'lsin. AC=BD bo'li-shini isbot qilamiz (31- b rasm).
To'g'ri burchakli ACD va DBA uchburchaklar ikki katetiga (AD - umumiy tomon, AB=CD) ko'ra teng. Bundan, bu uchburchaklar gipo-tenuzalarining tengligi, ya'ni AC=BD kelib chiqadi.
Bu teoremadan quyidagi teskari teorema kelib chiqadi.
Agar parallelogrammning diagonallari teng bo'lsa, u to'g'ri to'rtburchakdir.
Ushbu teoremani mustaqil isbot qilish o'zingizga havola qilinadi.
Masala. Ikkita qo'shni tomoni a va b bo'lgan to'g'ri to'rtburchakni yasang.
Yasash. A to'g'ri burchak yasaymiz (32-rasm). Uning tomonlarida AD = a va AB = b kesmalarni qo'yamiz. B va D nuqtalar orqali p AB va q AD to'g'ri chiziqlarni o'tkazamiz. p AB va AD AB bo'lgani uchun p|| AD bo'ladi. q to'g'ri chiziq AD to'g'ri chiziq bilan kesishgani sababli, u unga parallel bo'lgan p to'g'ri chiziqni biror C nuqtada kesadi. Hosil bo'lgan ABCD to'rtburchak — to'g'ri to'rtburchak bo'ladi. Unda yasashga ko'ra A, B va D burchaklar to'g'ri, C burchak ham to'g'ri (Agar to'g'ri chiziq ikkita parallel to'g'ri chiziqdan biriga perpendikular bo'lsa, u ikkinchi to'g'ri chiziqqa ham perpendikular bo'ladi.)
To'g'ri to'rtburchaklarni yasashning boshqa usullari ham bor.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: ROMB
Darsning maqsadi: Romb haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Romb
Dostları ilə paylaş: |