II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Excel elektron jadvalida qo`llaniladigan qanday arifmetik amallar bor?
2. Katakcha nima?
3. Katakcha adresi haqida qanday ma’lumotga egasiz?
4. Joriy katakcha deganda nimani tushunasiz? Katakchalar blokini hosil qiling.
5. A5 katakchda ismingizni qizil, A6 katakchada familiyangizni yashil rangda yozing.
III.Yangi mavzu bayoni : Excel elektron jadvalida turli mateamtik amallar bajarish mumkinligi haqida gapirish lozim. Keyin darslikning 454- betidagi 41- rasm haqida tushunchalar berish (karra jadvali haqida). O`quvchilar karra jadvalini o`zlari darslikdan foydalangan holda Excel elektron jadvalida bajarib ko`radilar.
Excel elektron jadvalida matematik funksiyalarning asosiylari bilan darslikning 45- betida tanishtirilgan. O`quvchilar har bir funksiyani o`zlari bevosita kompyuterda o`rganadilar. Buning uchun ular Excel elektron jadvalidan foydalangan holda keltirilgan funksiyalarni katakchalrga yozib ularda turli amallar bajarib ko`radilar. Bun vaqtda o`quvchilarga tushunmagan joylarini ko`rsatib turish zarur.O`quvchilar 45- 46- betlardagi funksiyalardan dars davomida ulgurgancha misollar ishlaydilar. Bunda ularga kerakli maslahatlar berib borish muhim. Ularga dars davomida o`rganib ulgurmagan funksiyalarni uyda qanday ishlashini tahlil qilib kelishlari uqtiriladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga ba’zi funksiyalarning vazifalari haqida savollar beriladi