Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə4/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Yodda tuting
Krepostnoy dehqon ( qo`rg`on ichida ishlovchi) - bir feodaldan ikkinchi feodalga o`tib ishlash huquqidan mahrum etilgan, doimiy ravishda birfeodalga biriktirilib qo`yilgan qaram dehqon.
Feodal krepostnoyga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo`lgan. Faqat uni o`ldirishga haqqi bo`lmagan, xolos. Chek yer otadan bolaga meros bo`lib o`tgan. Krepostnoy o`z uyiga, qo`rasiga, ish hayvonlariga, shuningdek, mehnat qurollariga ega bo`lgan.
Feodal jamiyati dastlab natural xo`jalik hukm surgan jamiyat ham edi.
Yodda tuting
Hayot uchun zarur bo`lgan narsa va mahsulotlarning deyarli hammasini o 'zi ishlab chiqaradigan xo'jalik natural xo`jalik deb atalgan.
Ilk o`rta asrlarda dehqonlar qishloq xo`jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o`zlarini emas, feodalning oilasini ham ta'minlaganlar. Ular dala ishlaridan bo`sh vaqtlarida gazmol, kiyimkechak, poyafzal, ish qurollari va turli xil asbob-uskunalar tayyorlaganlar. Feodal tarqoqlik - mamlakatning kichik-kichik davlatlarga bo`linib ketishi.
Osiyoda yer egaligi jamiyati. Osiyoda (xususan, Vatanimiz hududida ham) yer egaligi Yevropadan farq qilgan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan. Yer maydonlarining ma'lum qismi (ayrim mamlakatlarda katta qismi) bevosita davlat mulki bo`lgan. Davlat ham, katta yer egalari ham yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo`lib berganlar. Ular o`sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo`yilgan ma'lum bir qismini yer egalariga topshirganlar.
Osiyo dehqonlarida Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo`lmagan.
Yevropada yog`ingarchilik ko`p bo`lganligi uchun dehqonchilik qilish oson edi. Osiyo esa bunday imkoniyatga ega bo`lmagan. Chunki yomg`ir oz miqdorda yog`gan, yog`inli kunlar, yerlarning namlik miqdori ancha kam bo`lgan. Bunday sharoitda sun'iy sug`orishsiz dehqonchilik qilib bo`lmas edi.


IV.Mustahkamlash:
1. O‘rta asrlar tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Yevropa feodal jamiyati haqida so‘zlab bering.
3. Osiyo yer egaligi jamiyatining Yevropadagidan farqi nimada edi?
4. O‘rta asrlar tarixi nechta davrga bo‘linadi?
5. Tarixiy manbalarning turlarini izohlab bering.
6. Davr chizig‘ini tushuntirib bering

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin