Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Uy vazifasini tekshirish.
Uyga berilgan 244-mashq o’qitiladi, sanoqni bildirgan so'zlarga so‘roq beriladi, tagiga chizilgan so’zlar tekshiriladi.
Yong ‘oq qoqvoldim,
Mag'zini chaqvoldim:
Dadamga - o ‘ttizta,
Ayamga - to ‘qqizta,
Bobomga —yetmishta,
O ‘zimga to ‘rt-beshta.
Anvar Obidjon
0‘qituvchi o‘quvchilarga mashq yuzasidan savollar beradi:
- Sanoqni bildirgan so‘zlami toping?
(0‘ttizta, to‘qqizta, yetmishta, to‘rt-beshta).
- Bu so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo'ladi? (Nechta?)
- Bir xonali sonlar qatnashgan so‘zlami ayting? (To‘rt, besh, to'qqiz.)
- Ikki xonali sonlar qatnashgan so‘zlami ayting? (0‘ttiz, yetmish.)
O‘quvchilar javobi xulosalanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Teskari sanoq” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Har bir qatordagi o‘quvchilar navbatma-navbat sonlar-ni teskari tartibda aytishlari kerak. Birinchi qatordagi o‘quvchi 20 sonini aytsa, ikkinchi qatordagi o‘quvchi 19 sonini aytadi, uchinchi qatordagi o‘quvchi 18 va hokazo.
Namuna:
1-qator
|
2-qator
|
3-qator
|
20
|
19
|
18
|
17
|
16
|
15
|
Husnixat daqiqasi Bosh “L” harfi bir butun shaklda usti ilmoqli osti halqali toiqin-simon uzun qiya tayoqcha, qo‘l harakatini uzmay yoziladi va o‘zidan keyingi harflar bilan oson bog‘lanadi. Daftarga bir qator bosh “L” harfini va shu harf bilan bogiangan so‘zlami yozadilar: Laylo, Lobar, Latijjon.
Dam olish daqiqasi Maktab degan shunday joy, Yurib turgan poyezdday. Kechga qolsang bir nafas, Seni kutib o ‘tirmas.
III. Yangi mavzu bayoni.
Multimediali ilova asosida mavzuni tushuntirish mumkin. 245-mashqni o‘qing. Ustunning qaysi tomonida gap berilgan?
o‘quvchi, o‘z, maktab, sevadi O‘quvchilar o‘z maktablarini sevadilar.
Qaysi so‘zlardan gap tuzilgan? Nima uchun? Gapni ko‘chiring.
Gap tugallangan fikrni bildircdi. Gap so‘zlardan tuziladi. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi. Yaxshidan bog' qoladi, yomondan dog’.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash
№1
O‘qing. Shu so‘zlardan gap hosil qilish uchun nima qilish kerak? Gap tuzing va yozing.
Topilmas, vaqt, yo‘qolgan, yog‘ar, qor, ishga, qolgan.
№2
О‘qing. So‘zlami o‘z o'riniga qo‘yib ko‘chiring.
Ochilibdi qizg ‘aldoq lota, uni terishga chiqishibdi bolalar.
№3
О‘qing. Yod oling va yoddan yozing.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o ‘sdi yerlarda,
Bug ‘doy pishdi qirlarda.
Shukur Sa ‘dulla
№ 4
“Xotira va qadrlash kuni”ni qanday nishonlaganingiz haqida 3-4 ta gap yozing.
Amir Temur haqida qisqacha ma’lumot berish.
Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida, o‘sha paytda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda otasi kichik bir mansabda edi.
Amir Temuming tarix oldidagi xizmati benihoya katta. U Tur-kistonni dehqonchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati ri-vojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi.
O‘quvchilar har bir savolga javobni matndan topib yozadilar. Yozgan javoblarini o‘qituvchi rahbarligida tekshiradilar. Ularga Amir Temuming kitob haqidagi o‘gitini o‘qib, mazmunini tushun-tirish topshirig‘i beriladi.
Kitob bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u do-nishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
246-mashq. Gaplarni o‘qing.
9-aprel - Amir Temur bobomizning tug‘ilgan kuni. Bobomiz Kesh shahri atrofidagi obod joyda tug‘ilgan.
Amir Temur juda nozik didli kishi bo’lgan. Tabiati go‘zal yerlami yoqtirgan. Dam olgan chiroyli joylarini obod qildirgan. U ni-hoyatda adolatli podshoh boigan.
Qachon gapning oxiriga nuqta (.), so‘roq (?) va undov belgisi (!) qo‘yiladi?
Gaplarni ko’chirib yozing.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O‘quvchilarga uchta mazmundagi gap tuzish topshirig'i beriladi.
Dostları ilə paylaş: |