Gapning kim? Yoki nima? Haqida aytilganini bildirgan so’zlar.
Gapning asosini qanday aniqlaymiz va belgilaymiz?
Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so'z gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu — gapning asosi bo'ladi.
Gapning asosini belgilash uchun ushbu gapni o'qiymiz. O'quvchi mehnatni sevadi. Avval so'roq berib, gap kim (yoki nima) haqida aytilganini bildirgan so'zni topamiz: (kim?) o'quvchi; uning tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz.
Keyin so'roq berib u (o'quvchi) haqida nima deyilganini bildirgan so'zni topamiz: (nima qiladi?) sevadi va uning tagiga ikkita chiziq chizib belgilaymiz.