Mavzu: Gapning asosi. Gapda so’zlarning bog’lanishi. 256-257-mashqlar.
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: nutqdan gapni ajratish va uni yozma shakllantirish ko‘nikmasini o‘stirish; gap kim (kimlar) va nima (nimalar) haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlami aniq-lash ko‘nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilami mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; darsda o‘quvchilaming faol ishtirok etishlarini ta’minlash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning yozma nutqini o‘stirish.
Dars turi: yangi tushuncha beruvchi, bilim, ko‘nikma, malaka-lami shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: muammoli metod, suhbat metodi, analiz-sintez metodi.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Uy vazifasini tekshirish.
Uy vazifasi aniqlanadi. 255-mashq shartiga ko‘ra tekshiriladi. Matnni gaplarga boiish va gapni tahlil qilish mashqi suhbat asosi-da o‘tkaziladi.
- Matn nima haqida ekan? (Tugilgan kun haqida.)
- Matnda nechta gap bor? (To‘rtta gap bor.)
- Birinchi gap kimlar haqida ekan? (Go‘zalning dugonalari haqida.)
- Gapda ular haqida nima deyilgan?
Shu tarzda savol-javob o'tkazilib, gap kim yoki kimlar haqida ekanligi aniqlanadi.
O‘quvchilar daftarlaridan mashqni tekshirib belgilaydilar.
Husnixat daqiqasi
Bosh “I” harfi qo‘l harakatini uzmay bir ustun shaklda yoziladi. Daftarga bir qator bosh “I” harfini va shu harf bilan bogMangan so‘zlami yozadilar: Izzat, Islom, Inobat.
Dostları ilə paylaş: |