127- DARS
Mavzu: 15-nazorat ishi.
Maqsad: O'quvchilar bilim, ko'nikma va malakarini tekshirish.
A) Ta’limiy: Matnni alohida gaplar yig'indisidan farqlash (ajrata olish) ko'nikmasini, matnni qismlarga bo'la olish va og’zaki bayon tuza olish ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: kasblar haqida tushuncha berish va kasb tanlashga yo’llash.
C) rivojlantiruvchi: matn mazmunini savollar yordamida bayon eta bilish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli evristik metod.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish,
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’quvchilar daftaridan uyga vazifani tekshiraman. Husnixat yozdiraman. Og’zaki savol- javob o’tkazaman.
III. Diktant
Nazorat shakli: Diktant.
O'rik.
O'rik ko'p yillik daraxtdir. Uning tanasi yo'g'on. Novdalari jigar rang, qizil. Oldin gullaydi, keyin barg yozadi. Gullari oq, pushti rang. Bargi yumaloq, to'q yashil rangda. Mevasi sariq, xushbo'y, sersuv. Mevasining shakli yumaloq, cho'ziqroq.
Respublikamizda o'rikning sakkiz turi o'sadi.
IV. Diktantni tekshirish.
V. Uyga vazifa. Husnixat
Dostları ilə paylaş: |